https://oz.sputniknews.uz/20241118/muxolifat-parlament-mirziyoev-deputatlar-46677635.html
Muxolifat, parlament nazorati, yangi vazifalar: Mirziyoyev deputatlar bilan uchrashdi
Muxolifat, parlament nazorati, yangi vazifalar: Mirziyoyev deputatlar bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yetakchisi siyosiy partiyalarning takliflarini qo‘llab-quvvatlandi. 18.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-18T16:28+0500
2024-11-18T16:28+0500
2024-11-18T16:29+0500
siyosat
o‘zbekiston
saylovlar
deputatlar
oliy majlis qonunchilik palatasi
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/12/46668637_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_9e27767564b99fe7c4694b4ba8924f9c.jpg
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov. Davlat rahbari so‘zining avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni tabrikladi. Saylovlarni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kabi 13 ta nufuzli xalqaro tashkilot, 40 dan ziyod davlatdan 850 nafar xorijiy va 65 mingdan ziyod mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining mingdan ortiq vakillari kuzatib bordi. Prezident ular tomonidan bildirilgan tavsiyalarning har biri chuqur o‘rganilib, amaliyotga tatbiq etish choralari ko‘rilishi ta’kidladi. Markaziy saylov komissiyasining faoliyati sezilarli kuchaygani, professional saylov organlari tashkil etilgani saylovlarning haqqoniy ruhda o‘tishida muhim rol o‘ynadi. Yangi tarkibda 63 nafar deputat qayta saylangani esa parlament ishida uzviylik va professionalizmni ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi. Quyidagi takliflar qo‘llab-quvvatlandi: Kelgusi besh yilda quyi palata oldida ulkan vazifalar turgani ta’kidlandi. Har bir qo‘mita qoshida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat jamoatchilik kengashlari tuzilsa, yaxshi samara berishga ishonch bildirildi. Prezident ta’kidlaganidek, parlament qo‘mitalari vazirliklar bilan ishlashda ular bilan yaqindan hamkorlik qilishga ahamiyat berishi kerak. Eng katta kamchilik – vazirliklar quyi bo‘g‘inda, ayniqsa, tuman va shahar darajasida samarali ish tashkil eta olmayapti. Endi aholi bilan bevosita muloqot qilib, odamlarni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish ular uchun bosh vazifa bo‘lishi kerak. Bundan buyon har bir rahbar va mutasaddi faoliyatiga aynan shu mezon asosida baho beriladi. Aytilishicha, O‘zbekistonda aholi soni yiliga qariyb 1 millionga oshmoqda. Bu yangi uy-joylarni ko‘paytirishni taqozo etmoqda. Lekin dehqonchilik uchun zarur yerlar uy-joy qurishga berib yuboraverilsa, ertaga qayerga ekin ekamiz, oziq-ovqat xavfsizligi nima bo‘ladi, degan savollar dolzarb bo‘lib bormoqda. Ta’kidlanishicha so‘nggi paytlarda uy-joy qurib berishni va’da qilgan quruvchi va unga ishonib sarmoya kiritgan aholi o‘rtasida nizolar uchramoqda. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida fuqarolarning uy-joy qurilishiga jalb etilgan mablag‘larini kafolatli himoya qilishga qaratilgan qonunni qabul qilish lozimligi qayd etildi. Prezident tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ajratilayotgan mablag‘lar o‘z egasiga yetib borishini ta’minlash uchun majburiy tibbiy sug‘urta tizimini albatta qonun bilan mustahkamlab qo‘yish vaqti kelganini ta’kidladi. “Xususiy maktab va bog‘cha quraman”, degan investorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yanada keng sharoitlarni yaratib berish masalalariga e’tibor berish lozim. Moliyaviy texnologiyalar, raqamli “market-pleys”lar, “veb-servis”, “bond omborlari” kabi yangi tijorat maydonlari kundalik hayotimizga jadal kirib kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan, franchayzing, kapital bozori, “startap”lar sohasidagi munosabatlarning qonuniy asoslarini yaratish zarurligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini yaratish masalasiga ham alohida e’tibor qaratish juda muhimligi aytildi. Kelgusi yilda ilk bor elektr energiyasi onlayn ulgurji bozori ishga tushadi. Shu bois iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladigan bu sohada bozor mexanizmlarini joriy qilishning huquqiy asoslarini yaratishni tezlashtirish zarurligi ta’kidlandi. Prezident parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi. Saylovlardagi sog‘lom raqobat, muxolif fikrlar kurashi parlamentga ko‘chib o‘tsa, bu albatta xalq manfaatlariga mos qonunlar ishlab chiqilishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi. Quyidagi takliflar bildirildi:
https://oz.sputniknews.uz/20241118/nuriddin-ismoilov-qonunchilik-palata-spiker-46665697.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/12/46668637_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_668ca5f800f7b5fbfc471b3a32d19f49.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, saylovlar, deputatlar, oliy majlis qonunchilik palatasi, shavkat mirziyoyev
siyosat, o‘zbekiston, saylovlar, deputatlar, oliy majlis qonunchilik palatasi, shavkat mirziyoyev
Muxolifat, parlament nazorati, yangi vazifalar: Mirziyoyev deputatlar bilan uchrashdi
16:28 18.11.2024 (yangilandi: 16:29 18.11.2024) O‘zbekiston yetakchisi siyosiy partiyalarning takliflarini qo‘llab-quvvatlandi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi
Sherzod Asadov. Davlat rahbari so‘zining avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni tabrikladi.
“O‘tgan sakkiz yillik davrda xalqimizning siyosiy tafakkuri tubdan o‘zgardi, siyosiy madaniyati sezilarli darajada yuksaldi. Siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi roli va ishtiroki kuchaydi. Bularning barchasi aralash saylov tizimini joriy etishga mustahkam zamin yaratdi. Ko‘plab davlatlarda bunday islohotlarni o‘tkazish uchun o‘n yillar kerak bo‘lgan. Shu ma’noda, O‘zbekiston aralash saylov tizimini qisqa fursatda, dadil joriy etishga erishgan kam sonli mamlakatlardan biri, deyishga munosibdir”, — dedi Mirziyoyev.
Saylovlarni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kabi 13 ta nufuzli xalqaro tashkilot, 40 dan ziyod davlatdan 850 nafar xorijiy va 65 mingdan ziyod mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining mingdan ortiq vakillari kuzatib bordi.
Prezident ular tomonidan bildirilgan tavsiyalarning har biri chuqur o‘rganilib, amaliyotga tatbiq etish choralari ko‘rilishi ta’kidladi.
Markaziy saylov komissiyasining faoliyati sezilarli kuchaygani, professional saylov organlari tashkil etilgani saylovlarning haqqoniy ruhda o‘tishida muhim rol o‘ynadi.
“Saylovlar natijasida Qonunchilik palatasi tarkibi qariyb 60 foizga yangilanib, 87 nafar yangi deputat saylandi. Deputatlarning 11 nafari 35 yoshgacha, ilk bor yoshlar parlamentining 2 nafar vakili Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Ayniqsa, deputatlarning 38 foizini ayollar tashkil etgani mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Tariximizda ilk bor nogironligi bo‘lgan fuqaromiz Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Bu – parlamentimizni tom ma’noda inklyuziv organga aylantirish, ushbu qatlam manfaatlarini yanada keng ifoda etish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘lgani e’tirof etildi”, — dedi O‘zbekiston rahbari.
Yangi tarkibda 63 nafar deputat qayta saylangani esa parlament ishida uzviylik va professionalizmni ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Quyidagi takliflar qo‘llab-quvvatlandi:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash haqidagi takliflari qo‘llab-quvvatlandi.
Prezident
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maktablarda muallimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish, bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularga ona tili va chet tillarni o‘rgatish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga oid takliflariga qo‘shildi.
O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, aholining pensiyaga chiqishdagi kafolatli huquqlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining istirohat bog‘lari, sayilgoh, xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash bo‘yicha pozitsiyasi, dorilar ustidan nazoratni kuchaytirish, narxlar sun’iy oshishini oldini olish, retseptsiz dorilar ro‘yxatini qisqartirish bo‘yicha intilishlarini ma’qulladi.
Ekologik partiyaning davlat organlari va korxonalar hududida yashil bog‘lar tashkil etish, ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha dastur qabul qilish haqidagi takliflari qo‘llab-quvvatlandi.
Kelgusi besh yilda quyi palata oldida ulkan vazifalar turgani ta’kidlandi.
“Quyi palatadagi 12 ta qo‘mita o‘rnida 10 ta yangilangan qo‘mita tashkil qilindi. Ilk bor parlamentda Tadbirkorlik, raqobat va sanoat qo‘mitasi tuzilgani mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi. Endi palatadagi qo‘mitalar a’zolari bilim va tajribasini tinimsiz oshirib, mas’uliyatni chuqur his etib, yanada ko‘proq mehnat qilishlari lozimligi, puxta bilim, professional malaka, yuksak fazilat va tafakkurga ega bo‘lgan deputatgina quruq gap va populizmdan yiroq bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Har bir qo‘mita qoshida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat jamoatchilik kengashlari tuzilsa, yaxshi samara berishga ishonch bildirildi.
Prezident ta’kidlaganidek, parlament qo‘mitalari vazirliklar bilan ishlashda ular bilan yaqindan hamkorlik qilishga ahamiyat berishi kerak.
Eng katta kamchilik – vazirliklar quyi bo‘g‘inda, ayniqsa, tuman va shahar darajasida samarali ish tashkil eta olmayapti. Endi aholi bilan bevosita muloqot qilib, odamlarni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish ular uchun bosh vazifa bo‘lishi kerak. Bundan buyon har bir rahbar va mutasaddi faoliyatiga aynan shu mezon asosida baho beriladi.
“Prezident deputatlarni vakolatlari doirasida o‘z okruglaridagi tuman va shahar darajasida so‘rov va talabni hech tortinmasdan kuchaytirishga chaqirdi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, O‘zbekistonda aholi soni yiliga qariyb 1 millionga oshmoqda. Bu yangi uy-joylarni ko‘paytirishni taqozo etmoqda. Lekin dehqonchilik uchun zarur yerlar uy-joy qurishga berib yuboraverilsa, ertaga qayerga ekin ekamiz, oziq-ovqat xavfsizligi nima bo‘ladi, degan savollar dolzarb bo‘lib bormoqda.
“Shu bois, aholi va keng jamoatchilikning fikrini o‘rganib, eskirgan uylar o‘rnida zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun “Renovatsiya to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish kerakligi ta’kidlandi”, — deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha so‘nggi paytlarda uy-joy qurib berishni va’da qilgan quruvchi va unga ishonib sarmoya kiritgan aholi o‘rtasida nizolar uchramoqda. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida fuqarolarning uy-joy qurilishiga jalb etilgan mablag‘larini kafolatli himoya qilishga qaratilgan qonunni qabul qilish lozimligi qayd etildi.
Prezident tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ajratilayotgan mablag‘lar o‘z egasiga yetib borishini ta’minlash uchun majburiy tibbiy sug‘urta tizimini albatta qonun bilan mustahkamlab qo‘yish vaqti kelganini ta’kidladi.
“Xususiy maktab va bog‘cha quraman”, degan investorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yanada keng sharoitlarni yaratib berish masalalariga e’tibor berish lozim.
Moliyaviy texnologiyalar, raqamli “market-pleys”lar, “veb-servis”, “bond omborlari” kabi yangi tijorat maydonlari kundalik hayotimizga jadal kirib kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan, franchayzing, kapital bozori, “startap”lar sohasidagi munosabatlarning qonuniy asoslarini yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini yaratish masalasiga ham alohida e’tibor qaratish juda muhimligi aytildi.
Kelgusi yilda ilk bor elektr energiyasi onlayn ulgurji bozori ishga tushadi. Shu bois iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladigan bu sohada bozor mexanizmlarini joriy qilishning huquqiy asoslarini yaratishni tezlashtirish zarurligi ta’kidlandi.
“Yangi davrda parlament chinakam xalq uyi, uning quyi palatasi esa g‘oyalar generatoriga, sog‘lom raqobat, bahs va munozaralar maydoniga aylanishi kerak”, — dedi prezident.
Prezident parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi.
“Buning uchun parlamentdagi muxolifatga kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish, 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallash, har chorakda “Hukumat soati” va parlament so‘rovi doirasida kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar berishni taklif qildi”, — deyiladi xabarda.
Saylovlardagi sog‘lom raqobat, muxolif fikrlar kurashi parlamentga ko‘chib o‘tsa, bu albatta xalq manfaatlariga mos qonunlar ishlab chiqilishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Quyidagi takliflar bildirildi:
Hozirgi vaqtda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlari ustidan parlament nazorati deyarli sezilmayotgani, yangi saylangan deputatlar ushbu masalaga alohida yondashishlari zarurligi qayd etildi.
Prezident investitsiya dasturlarini tayyorlashda deputatlar ham albatta ishtirok etadigan, ularning fikri inobatga olinadigan tizim yaratish tashabbusini ilgari surdi.
Bundan tashqari, tuman va shaharlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida kelgusi yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini to‘liq, daromad solig‘ining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning o‘zida qoldirish taklif etildi.
Fuqarolarning tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlash maqsadida prezident Qonunchilik palatasi huzurida Jamoaviy tashabbuslar bo‘yicha parlament komissiyasini tashkil etishni taklif qildi.
Xalqaro parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida quyi palatada qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish hamda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish masalalari bo‘yicha parlament komissiyalari tashkil etishni taklif qilindi.
Yangi tuzilayotgan parlament komissiyasi tashabbusni qo‘lga olib, qonunlarni Jahon savdo tashkiloti qoidalariga to‘liq moslashtirishni kelgusi yilda yakuniga yetkazishiga ishonch bildirildi.
“O‘ttiz yetti milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan O‘zbekistondek katta davlatning parlamenti a’zosi bo‘lish, shubhasiz, har bir deputat uchun ulkan sharafdir. Ayni vaqtda xalqimizning hurmat va e’tiborini, orzu-umidlarini har kuni, har daqiqada his etib, ana shu yuksak ishonchga munosib mehnat qilish – beqiyos mas’uliyat. “Deputat – bu xalq xizmatchisi, barchaga o‘rnak bo‘ladigan, siyosiy bilimi va ongi yuksak, o‘z Vatanini chin dildan sevadigan insondir”, — dedi prezident.