Nuriddin Ismoilov Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNuriddin Ismoilov
Nuriddin Ismoilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2024
Obuna bo‘lish
Deputatlar Nuriddin Ismoilovni quyi palata spikeri etib qayta saylashdi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Nuriddin Ismoilov Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi, deya xabar berdi O‘zA.
Toshkentda yangi chaqiriq O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, quyi palata a’zolari Qonunchilik palatasi spikeri lavozimiga nomzod ko‘rsatish uchun deputatlar orasidan Siyosiy partiyalar vakillari kengashini tuzishdi.

"Qisqa tanaffusdan so‘ng Siyosiy partiyalar vakillari kengashining taklifiga binoan deputatlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan O‘zXDP dan saylangan Nuriddin Ismoilovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri etib sayladilar", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosarlari Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tavsiyasiga asosan quyi palata tomonidan saylanadi.
Spikeri o‘rinbosarlari soni, qoida tariqasida, 2 nafardan oshmasligi kerak.

"O‘zLiDePdan saylangan deputatlar Mavluda Xo‘jayeva va Rahimjon Hakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosarlari etib ko‘rsatildi va ovoz berish yo‘li orqali saylandi", — deya qayd etilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, Nuriddin Ismoilov Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan, yuridik fanlari nomzodi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibiga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Yangiliklar lentasi
0