https://oz.sputniknews.uz/20241113/toshkent-tomsk-viloyatlar-hamkorlik-46606128.html
Toshkent va Tomsk viloyatlari hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda
Toshkent va Tomsk viloyatlari hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Tomsk viloyati ishbilarmon doiralari bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi. 13.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-13T18:55+0500
2024-11-13T18:55+0500
2024-11-13T18:55+0500
iqtisod
o‘zbekiston
rossiya
hamkorlik
savdo
savdo-sanoat palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0d/46599812_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d8aabe04077a6ae238d348a65c791444.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkent va Tomsk viloyatlari qator investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.Toshkentda Rossiyaning Tomsk viloyati gubernatori Vladimir Mazur boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida V2V formatidagi kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi.Tadbirni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov, Tomsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Vasiliy Potomkin, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev hamda Tomsk viloyati Savdo-sanoat palatasi prezidenti Maksim Kostarev kirish so‘zi bilan ochib berdi.Tomonlar mazkur tadbir ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.Qayd etilishicha, V2V formatidagi kooperatsiya birjasida 17 nafar Tomsk va 100 ga yaqin O‘zbekiston kompaniya vakillari, xususan, o‘rmon, sellyuloza-qog‘oz, yengil sanoat va chakana savdo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mashinasozlik, metallga ishlov berish, qurilish sanoati sohalarida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar ishtirok etdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0d/46599812_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_0cb1b16a165d5e51b77ccb97b1a3ba8d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya, hamkorlik, savdo, savdo-sanoat palatasi
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya, hamkorlik, savdo, savdo-sanoat palatasi
Toshkent va Tomsk viloyatlari hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda
Tomsk viloyati ishbilarmon doiralari bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkent va Tomsk viloyatlari qator investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi
matbuot xizmati. Toshkentda Rossiyaning Tomsk viloyati gubernatori Vladimir Mazur boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida V2V formatidagi kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov, Tomsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Vasiliy Potomkin, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev hamda Tomsk viloyati Savdo-sanoat palatasi prezidenti Maksim Kostarev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tomonlar mazkur tadbir ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
“V2V formatidagi uchrashuvlar davomida biznes vakillari o‘z hamkasblari bilan o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish rejalarini atroflicha muhokama qilib, bir qator investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishishdi. Jumladan, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va Tomsk Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, V2V formatidagi kooperatsiya birjasida 17 nafar Tomsk va 100 ga yaqin O‘zbekiston kompaniya vakillari, xususan, o‘rmon, sellyuloza-qog‘oz, yengil sanoat va chakana savdo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mashinasozlik, metallga ishlov berish, qurilish sanoati sohalarida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar ishtirok etdi.