https://oz.sputniknews.uz/20241110/eoii-istemol-narxlar-46544676.html
YeOII mamlakatlarida iste’mol narxlari o‘sishini barqarorlashtirish bo‘yicha nimalar qilinmoqda?
YeOII mamlakatlarida iste’mol narxlari o‘sishini barqarorlashtirish bo‘yicha nimalar qilinmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Ittifoq mamlakatlarida ko‘rilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va keng ko‘lamliligi tufayli inflyatsiyaning barqarorlashuvi va narxlar barqarorligining oshishi... 10.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-10T12:18+0500
2024-11-10T12:18+0500
2024-11-10T12:18+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
iqtisod
kredit
pul
inflyatsiya
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0e/37840902_0:61:1400:849_1920x0_80_0_0_a4b17cd02b12850384512b0fc7416b2f.jpg
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarining vakolatli organlari vakillari Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan seminarda iste’mol narxlari barqarorligini saqlash chora-tadbirlarini muhokama qildi. Bu haqda komissiya matbuot xizmati xabar berdi.Iste’mol narxlarini barqarorlashtirish uchun pul-kredit regulyatorlari so‘nggi yillarda asosiy stavkalarni yuqori darajada ushlab turishdi.Ittifoqning aksariyat mamlakatlarida vakolatli organlar ayrim ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxini vaqtincha tartibga solish, ayrim turdagi tovarlar eksportini cheklash, ichki bozorni to‘ldirish, tovar ayirboshlash darajasini kuzatish, imtiyozli kreditlar va soliq imtiyozlari berish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga subsidiyalar berish choralari ko‘rildi.Ma’lumot uchun, Ittifoq to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq, YeOII mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishining barqarorligini belgilovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri inflyatsiya darajasi hisoblanadi. Komissiya YeOII mamlakatlaridagi inflyatsiya darajasini muntazam ravishda kuzatib boradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0e/37840902_94:0:1306:909_1920x0_80_0_0_c2e0c13c66eea1baca2bb89074676039.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yeik, iqtisod, kredit, pul, inflyatsiya, soliq
yeoii, yeik, iqtisod, kredit, pul, inflyatsiya, soliq
YeOII mamlakatlarida iste’mol narxlari o‘sishini barqarorlashtirish bo‘yicha nimalar qilinmoqda?
Ittifoq mamlakatlarida ko‘rilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va keng ko‘lamliligi tufayli inflyatsiyaning barqarorlashuvi va narxlar barqarorligining oshishi kuzatildi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarining vakolatli organlari vakillari Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan seminarda iste’mol narxlari barqarorligini saqlash chora-tadbirlarini muhokama qildi. Bu haqda komissiya matbuot xizmati
xabar berdi. "Jahon narxlarining o‘sishi, savdo-iqtisodiy cheklovlar va logistika ta’minoti zanjirlarini qayta tashkil etish sharoitida Yevrosiyo "beshligi" davlatlari milliy inflyatsiya maqsadlariga erishish uchun narxlarning oshishini cheklashga qaratilgan choralarni ko‘rishdi", — deyiladi hisobotda.
Iste’mol narxlarini barqarorlashtirish uchun pul-kredit regulyatorlari so‘nggi yillarda asosiy stavkalarni yuqori darajada ushlab turishdi.
Ittifoqning aksariyat mamlakatlarida vakolatli organlar ayrim ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxini vaqtincha tartibga solish, ayrim turdagi tovarlar eksportini cheklash, ichki bozorni to‘ldirish, tovar ayirboshlash darajasini kuzatish, imtiyozli kreditlar va soliq imtiyozlari berish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga subsidiyalar berish choralari ko‘rildi.
“Ko‘rilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va keng ko‘lamliligi tufayli YeOII mamlakatlarida inflyatsiya barqarorlashuvi va narxlar barqarorligi oshishi kuzatildi. Sentabr oyi oxirida YeOII mamlakatlarida inflyatsiya darajasi: Armanistonda – 0,6 foiz, Belarusda – 6,0 foiz, Qozog‘istonda – 8,3 foiz, Qirg‘izistonda – 4,9 foiz, Rossiyada – 8,6 foiz”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Ittifoq to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq, YeOII mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishining barqarorligini belgilovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri inflyatsiya darajasi hisoblanadi. Komissiya YeOII mamlakatlaridagi inflyatsiya darajasini muntazam ravishda kuzatib boradi.