Moskvada MDH mamlakatlari mediaforumi bo‘lib o‘tmoqda

© RIA Novosti Mejdunarodnaya mediagruppa "Rossiya segodnya"
Mejdunarodnaya mediagruppa Rossiya segodnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2024
Obuna bo‘lish
MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati: MDH sun’iy intellektga ma’naviy tanlash huquqini berishga qarshi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Moskvada “O‘zgaruvchan dunyoda media rivojlanishi” MDH mamlakatlari III mediaforumi bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
MDH mediaforumi hozirgi media muhitini tahlil qilish, istiqbollarni prognozlash va mediaindustriyani rivojlantirish xatarlariga qarshi kurashish mexanizmlarini ishlab chiqish, MDH mamlakatlari media hayotining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun platforma hisoblanadi.
Unda "Zamonaviy OAV: gazeta va jurnallardan sun’iy intellektgacha", "Media tendensiyalari va formatlar kurashi", “Media: kelajakni boshqarish”, “Yagona madaniy media kodeksi va transmilliy media loyihalari”, “Faktcheking va kontentni tekshirish” kabi mavzular muhokama etilmoqda.
MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Svetlana Malininaning so‘zlariga ko‘ra, MDH sun’iy intellektga ma’naviy tanlash huquqini berishga qarshi.
“Hamdo‘stlik, shuningdek, sun’iy intellekt sohasini monopollashtirishga qarshi va boshqa xalqaro platformalarda sun’iy intellektdan axloqiy foydalanish bilan bog‘liq tashabbuslarni ilgari suradi”, — dedi u.
Xavfsiz internet ligasi direktori Yekaterina Mizulina MDH davlatlari eng yirik ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik fikri yetakchilari ishini birgalikda tartibga solishlari kerak degan taklif bilan chiqdi.
U 2020-yilda respublikadagi norozilik namoyishlaridan so‘ng muxolif Belarus telekanallari e’tiborini Belarus va Qozog‘istonga qaratganiga misol keltirdi. Shuningdek, u Qozog‘istonda “Rossiyada axborot firibgarlari hisoblangan mashhur bloger Litvinning topshirig‘ini bajarayotib, bir yigit halok bo‘lgan” fojiali voqeani eslatib o‘tdi.
Mediaforum Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, kommunikatsiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi ko‘magida “Rossiya segodnya” xalqaro mediaguruhi tomonidan tashkil etilgan.
Yangiliklar lentasi
0