ITBning O‘zbekiston uchun 2026-yildagi investitsiyalar hajmi ma’lum qilindi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishUzbekistan v preddverii dosrochnix viborov prezidenta
Uzbekistan v preddverii dosrochnix viborov prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2024
Obuna bo‘lish
Tomonlar ITBning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bo‘yicha mamlakat strategiyasi bandlarini ijro etish jarayonini ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Islom taraqqiyot banki (ITB) prezidenti Muhammad al-Jassir bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Tomonlar ITBning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bo‘yicha mamlakat strategiyasi bandlarini ijro etish jarayonini ko‘rib chiqishdi.
“Jalb qilingan investitsiyalar hajmi belgilangan rejalarga to‘g‘ri keladi va 2026-yil yakuni bo‘yicha 1,2 milliard dollarlik umumiy ko‘rsatkichning 50 foizini tashkil etadi”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyihalar ITB ITFCning sho‘’ba korxonasi – Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi tomonidan muddatidan ikki yil oldin amalga oshirilmoqda va bugunga kelib umumiy hajmning 90 foizini tashkil etadi.
Energetika, transport infratuzilmasini rivojlantirish, irrigatsiya va suv resurslarini boshqarish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida DXSh tamoyillari bo‘yicha birgalikda shakllantirilgan yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi.
ITB rahbariyati loyihalarni, jumladan, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish doirasida innovatsiyalar va texnologik modernizatsiyaga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish orqali kelgusida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0