Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda oziq-ovqat mahsulotlarining yangi texnik reglamentlari kuchga kirmoqda

© NKO "Yevraziya"Perviy setevoy produktoviy magazin "Yevraziya" otkrilsya v Moskve!
Perviy setevoy produktoviy magazin Yevraziya otkrilsya v Moskve! - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2024
Obuna bo‘lish
O‘zgarishlar oziq-ovqat mahsulotlarini markirovkalashni almashtirish zarurati bilan bog‘liq keraksiz moliyaviy yukni yengillashtirishga yordam beradi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Shu yilning 10-noyabridan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashi (YeIK) tomonidan ilgari qabul qilingan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) oziq-ovqat mahsulotlari va ularni markirovkalash texnik reglamentiga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kiradi. Bu haqda komissiya matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zgartirishlar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkorning joylashgan joyi ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda yorlig‘ini almashtirmasdan YeOII bozoriga chiqarish imkonini beradi.
“Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglamentning 39-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, shahar, tuman, ko‘cha va boshqalar nomi o‘zgartirilgan kundan boshlab uch yil muddatda joylashgan manzilning ma’lumotlari sifatida ko‘rsatiladi.
“Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi mahsulotlarni yorliqlashda uning joylashgan joyining oldingi nomlari ko‘rsatilgan holda, haqiqiy geografik joylashuvi va haqiqiy ishlab chiqarish joyi o‘zgarmagan holda muomalaga chiqarilishiga ruxsat etiladi”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, “Oziq-ovqat mahsulotlarini markirovkalash bo‘yicha” texnik reglamentining 4-moddasida iste’molchiga mahsulotni ishlab chiqaruvchining joylashgan joyi to‘g‘risidagi ishonchli va dolzarb ma’lumotlarni yetkazishning mumkin bo‘lgan usullari ko‘zda tutilgan.
YeIKning texnik jihatdan tartibga solish vaziri Valentin Tatariskiyning so‘zlariga ko‘ra, Kengash tomonidan qabul qilingan o‘zgarishlar YeOII mamlakatlarida biznes yuritish shartlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini markirovkalashni almashtirish zarurati bilan bog‘liq keraksiz moliyaviy yukni yengillashtirishga yordam beradi.
YeAES 2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeIK: O‘zbekistonning raqobat va raqamlashtirishdagi tajribasi YeOIIda katta qiziqish uyg‘otmoqda
Yangiliklar lentasi
0