https://oz.sputniknews.uz/20241106/xalq-tabobat-xizmatlar-javobgarlik-46469248.html
Xalq tabobati yo‘nalishidagi ayrim xizmatlar uchun javobgarlik belgilanmoqda
Xalq tabobati yo‘nalishidagi ayrim xizmatlar uchun javobgarlik belgilanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Huquqbuzarliklarni qayta sodir etish ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. 06.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-06T10:14+0500
2024-11-06T10:14+0500
2024-11-06T10:14+0500
jamiyat
o‘zbekiston
javobgarlik
jarima
reklama
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/14/33061435_0:268:3072:1996_1920x0_80_0_0_36f4c698ae0906efde807a7f0d5e6b2e.jpg
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarda davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlandi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan bilan ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan.Hujjat bilan quyidagi holatlarga ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda:Mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik o‘rnatilmoqda.Shuningdek, xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda fuqarolarga tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlanmoqda.Agar huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takroran etilgan bo‘lsa, - bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini “chuvalchang” iste’mol qilmaslikka chaqirdi
https://oz.sputniknews.uz/20240307/ozbekiston-va-hindiston-xalq-tabobati-boyicha-hamkorlikni-mustahkamlaydi-42831479.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/14/33061435_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_369020ab9d864903abd4b6ac3dc9cc8e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, javobgarlik, jarima, reklama
jamiyat, o‘zbekiston, javobgarlik, jarima, reklama
Xalq tabobati yo‘nalishidagi ayrim xizmatlar uchun javobgarlik belgilanmoqda
Huquqbuzarliklarni qayta sodir etish ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarda davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlandi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan bilan ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarda
nazarda tutilgan. Hujjat bilan quyidagi holatlarga ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda:
fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatganlik;
xizmatlarni xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga ko‘rsatganlik.
Mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik o‘rnatilmoqda.
Shuningdek, xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda fuqarolarga tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlanmoqda.
“Xalq tabobati sohasida faoliyat olib borish uchun tegishli huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini ko‘rsatish hamda mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”, — deyiladi hujjat matnida.
Agar huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takroran etilgan bo‘lsa, - bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.