O‘zbekiston va Hindiston xalq tabobati bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlaydi

Flag Indii i Uzbekistana. Illyustrativnoe foto
Flag Indii i Uzbekistana. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonda qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida “Arogya-2024” III Xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning qoshidagi Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi vakillari hamda 20 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, tadbir JSSTning xalq tabobatini ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalariga asosan Hindistonning AYUSH (ta’lim, tadqiqotlar va xalq tabobati tizimini ommalashtirishga mas’ul hukumat vazirligi) va Federal savdo-sanoat vazirligi tomonidan tashkil etildi.
© Ministerstvo zdravooxraneniyaUzbekistan i Indiya budut ukreplyat sotrudnichestvo v sfere narodnoy meditsini
Uzbekistan i Indiya budut ukreplyat sotrudnichestvo v sfere narodnoy meditsini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2024
Unda 60 dan ziyod mamlakatning 600 nafardan ortiq hukumat va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Hindistonning tabobat sohasida 10-yildan 200-yilgacha tarixga ega bo‘lgan 500 dan ortiq korxonalari o‘z mahsulotlari va xizmatlaridan iborat ko‘rgazmalari bilan qatnashdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonning AYUSH vazirligi huzuridagi Milliy Ayurverda instituti, Unani tibbiyot markazi, Sidxa ilmiy-tadqiqot markazi, Yoga sertifikatsiya markazi va boshqa muassasalar bilan hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari yuzasidan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar natijasida Ibn Sinoning bir qancha kitoblarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha amaliy ishlar, ikki davlat tibbiyot oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida talabalar almashinuvi va Hindistonning uzoq tarixga ega bo‘lgan xalq tabobati yo‘nalishidagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida O‘zbekistondagi bu boradagi hujjatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Ta’kidlanishicha, Hindiston AYUSH vazirligi tomonidan Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi vakillarining mazkur tadbirga taklif etilishi O‘zbekistonda xalq tabobatiga oid meyoriy-huquqiy bazani mustahkamlash, sohani zamonaviy tibbiyot bilan integratsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning e’tirofi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0