https://oz.sputniknews.uz/20241104/uzbekistan-olimlar-baliq-kashf-46453415.html
O‘zbekistonlik olimlar yangi baliq turini kashf qilishdi
O‘zbekistonlik olimlar yangi baliq turini kashf qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysi suv havzalaridan fan uchun yangi bo‘lgan yalangbaliq turini kashf etishdi.
2024-11-04T17:40+0500
2024-11-04T17:40+0500
2024-11-04T17:40+0500
jamiyat
o‘zbekiston
farg‘ona viloyati
olimlar
baliq
tadqiqot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/04/46453187_0:25:1024:601_1920x0_80_0_0_1c592c0d85ddac939cf3d6438f5d4ceb.jpg
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysi suv havzalaridan fan uchun yangi bo‘lgan yalangbaliq turini kashf etishdi. Bu haqda biolog Baxtiyor Sheraliyev ma’lum qildi, deb yozmoqda O‘zA. Baxtiyor Sheraliyev boshchiligidagi Farg‘ona davlat universiteti ixtiolog olimlari Farg‘ona vodiysi hamda O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi baliqlarning tur tarkibi, biologiyasi va ekologiyasiga oid qator tadqiqotlarni olib bormoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tur o‘zining urug‘doshlaridan yon chizig‘idagi poralari soni (84-86 ta), ingichka dum bandi, orqa va anal suzgich qanotlarining pastligi hamda ko‘zlararo masofasining yirikligi bilan farq qiladi.
o‘zbekiston
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/04/46453187_97:0:929:624_1920x0_80_0_0_62f001ba2cd4304a3f7743b5ab0a6438.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston olimlar farg‘ona vodiysi suv havzalari fan bo‘lgan yalangbaliq baxtiyor sheraliyev
o‘zbekiston olimlar farg‘ona vodiysi suv havzalari fan bo‘lgan yalangbaliq baxtiyor sheraliyev
O‘zbekistonlik olimlar yangi baliq turini kashf qilishdi
Olim: mintaqada hali o‘zining o‘rganilishini kutib turgan turlar talaygina.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysi suv havzalaridan fan uchun yangi bo‘lgan yalangbaliq turini kashf etishdi. Bu haqda biolog Baxtiyor Sheraliyev ma’lum qildi, deb yozmoqda
O‘zA. Baxtiyor Sheraliyev boshchiligidagi Farg‘ona davlat universiteti ixtiolog olimlari Farg‘ona vodiysi hamda O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi baliqlarning tur tarkibi, biologiyasi va ekologiyasiga oid qator tadqiqotlarni olib bormoqda.
“So‘nggi bir necha yilda Markaziy Osiyo suv havzalarini ixtiologik jihatdan tekshirish jarayoni shuni ko‘rsatmoqdaki, mintaqada hali o‘zining o‘rganilishini kutib turgan turlar talaygina. O‘tgan yillar mobaynida Shohimardon darosidan “Triplophysa ferganaensis”, So‘x darosidan esa “Triplophysa daryoae” kabi baliq turlarining kashf etilgani buni tasdiqlaydi. So‘nggi tadqiqotlarimiz natijasi asosida esa “Dzihunia pseudoamudarjensis” turi kashf etildi. E’tiborli jihati shundaki, kashf etilayotgan turlarning aksariyati mintaqamiz endemiklari hisoblanadi, – dedi Baxtiyor Sheraliyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tur o‘zining urug‘doshlaridan yon chizig‘idagi poralari soni (84-86 ta), ingichka dum bandi, orqa va anal suzgich qanotlarining pastligi hamda ko‘zlararo masofasining yirikligi bilan farq qiladi.