Toshkentda isitish mavsumi boshlanadigan sana ma’lum qilindi

© SputnikPodgotovka k otopitelnomu sezonu
Podgotovka k otopitelnomu sezonu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2024
Obuna bo‘lish
Toshkentda issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari 7-noyabrdan boshlanadi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Toshkentda 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.
Qayd etilishicha, fuqarolarning ko‘plab murojaatlari va meteorologiya xizmati ma’lumotlariga muvofiq Toshkent shahar hokimining isitish mavsumini boshlashga oid qarori qabul qilingan.
“Markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi. Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi”, — deyiladi xabarda.
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, ertadan respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati asta–sekin pasayishi boshlanadi. Havo harorati 5-noyabrda kunduzi +13-18 daraja, 6-noyabrda +10-15 iliq atrofida bo‘ladi, 7-8 noyabrda esa harorat +5-10 iliqgacha pasayadi. Kechalari sovuq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0