Rossiyaning Supercam S350 droni Toshkentdagi ko‘rgazmada namoyish etiladi
© Sputnik / Kamale Aliyeva
/ Obuna bo‘lish
Ishlab chiqaruvchi: Supercam S350 droni o‘zida yangi texnologiyalarni mujassam etgan va Isroil yoki Amerikada ishlab chiqarilgan shunga o‘xshash dronlardan arzonroq.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Fuqarolik va mudofaa sohasida o‘zini namoyon etgan Rossiyaning Supercam S350 droni O‘zbekiston harbiy tuzilmalariga “Integratsiyalashgan xavfsizlik – Securex Uzbekistan 2024” XV xalqaro ko‘rgazmasi doirasida namoyish etiladi. Bu haqda RIA Novostiga “Uchuvchisiz tizimlar” kompaniyalar guruhining rasmiy vakili (ishlab chiquvchi) ma’lum qildi.
Securex Uzbekistan – 5-7 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan xavfsizlik va yong‘indan himoya qilish sohasidagi mamlakatning eng yirik ko‘rgazmasi. Ko‘rgazma O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
“Supercam uchuvchisiz uchish apparatlari o‘rnatilgan majmualar O‘zbekiston uchun davlat chegaralarini, huquq-tartibotni himoya qilish, odamlarni qidirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, yoqilg‘i-energetika kompleksi va tog‘-kon sanoatida foydali bo‘lishi mumkin. “Uchuvchisiz tizimlar” avvalroq O‘zbekistonga topografik tadqiqotlar uchun o‘z mahsulotlarini yetkazib bergan”, — dedi “Uchuvchisiz tizimlar” kompaniyalar guruhi vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarining razvedka operatsiyalari davomida sinovdan o‘tkazilgan Supercam S350 droni o‘zida yangi texnologiyalarni mujassam etgan va Isroil yoki Amerikada ishlab chiqarilgan shunga o‘xshash dronlardan arzonroq.
“Xavfsizlik sohasidagi operatorlar uchun ayniqsa jozibador bo‘lib, dronda xavfsiz aloqa kanallarining mavjudligi va elektron urush tizimlariga qarshilik ko‘rsatadi. Dron ekstremal haroratlarda, tog‘li hududlarda va GPS signali bo‘lmagan sharoitlarda uchish uchun juda mos keladi. U zamonaviy videokameralar bilan jihozlangan, ularning optikasi va stabilizatsiyasi aniqlanmasdan, shu jumladan ovozsiz elektr motori tufayli yuqori balandlikda razvedka qilish imkonini beradi”, — dedi ishlab chiqaruvchi vakili.
Dron odamni 1200 metr balandlikdan aniqlay oladigan videokamera va HD-teplovizorga ega. Agar ruxsat etilmagan faoliyat faktlari tasdiqlansa, olingan fotosuratlar va videolar tergov uchun ishlatilishi va dalil sifatida foydalanish mumkin.
“Uchuvchisiz tizimlar” kompaniyalar guruhi mutaxassislari qishloq xo‘jaligi, energetika, neft va gaz infratuzilmasi manfaatlarida uchuvchisiz uchish tizimlaridan foydalangan holda ishlarni bajarish uchun deyarli 15-yillik tajriba, amaliy bilim va dasturiy ta’minotga ega va agar O‘zbekiston manfaatdor bo‘lsa, uchuvchisiz uchish tizimlaridan foydalangan holda yangi monitoring standartini joriy qilishi mumkin.
Bu vaqtni o‘n barobar qisqartiradi, infratuzilmaning ekspluatatsiya ishonchliligini oshiradi, ruxsatsiz faoliyat yoki baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda atrof-muhit va moliyaviy zararning oldini oladi.