Endi “O‘zbekkosmos” suv omborlari to‘g‘onlarining siljish dinamikasini monitoring qiladi
© SputnikOtdix na Charvakskom vodoxranilishe v Tashkentskoy oblasti
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Dambalarning siljish va cho‘kish dinamikasi “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan kosmik nazoratga olinadi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Endi “O‘zbekkosmos” suv omborlari to‘g‘onlarining siljish dinamikasini kosmik monitoring qiladi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.
“Vazirlar Mahkamasining "Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qarori bilan endilikda suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshliligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimi joriy etiladi. Ya’ni, dambalarning siljish va cho‘kish dinamikasi “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan kosmik nazoratga olinadi.”, — deyiladi xabarda.
Amalga oshirilgan monitoring natijalari “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish” elektron platformasiga integratsiya qilinadi.
Elektron platformada quyidagi ma’lumotlar jamlanadi:
suv omborlari bo‘yicha kosmik monitoring natijalari;
mavjud to‘g‘onlarning real holati;
to‘g‘onlarning siljish va cho‘kish ko‘rsatkichlari;
to‘g‘onlarning seysmik mustahkamligi va favqulodda xavflilik darajasi.
Shuningdek, Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligi kosmik monitoringini o‘rganish komissiyasi tashkil etiladi. Ular jarayonlarni doimiy nazorat qilib boradi.
“Suv omborlari to‘g‘onlarining mustahkamligi darajasini doimiy monitoring qilish ularning deformatsion-kuchlanganlik holatini baholashda muxim ahamiyat kasb etadi, sababi deformatsion-kuchlanganlik holatida to‘g‘on zilzilaga ta’sirchan bo‘lib, eng zaiflashgan nuqtasida favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan taqdirda talofat yetishi ehtimoli ortib ketadi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Aytilishicha bunday monitoring suv omborlaridagi to‘g‘onlarning mustahkamlik va yaroqlilik holatini doimiy o‘rganib borish, ularda kuzatilishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldindan tahlil qilish va ulardagi ehtimoliy siljishlarni aniqlash imkonini beradi.