Misr O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Pavel LvovSbros vodi na GES. Arxivnoe foto
Sbros vodi na GES. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2024
Obuna bo‘lish
Misrning "Bell Group" va "Veolia" kompaniyalari, "O‘zsuvta’minot" AJ va Samarqand viloyati hokimligi o‘rtasida kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Misr O‘zbekistonda suv ta’minoti va suv resurslarini boshqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshirmoqchi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda Misrning "Bell Group" va "Veolia" kompaniyalari, "O‘zsuvta’minot" AJ va Samarqand viloyati hokimligi o‘rtasida kelishuvga erishildi.

"Bell Group va Veolia kompaniyalari tomonidan yaqin vaqt ichida Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar konsepsiyasini taqdim etish, "O‘zsuvta’minot" AJ va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan esa ushbu takliflarni o‘rganish va o‘z xulosasini bildirish hamda kelgusida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuvda Samarqand viloyatining tuman va shaharlarida suv ta’minoti, oqova suvlar va isitish tizimlarini modernizatsiya qilish, suv xo‘jaligi tizimini boshqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Muloqotda, xorijiy hamkorlar viloyatning barcha hududlarida suv sohasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, tizim samaradorligini yaxshilash, suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va zarur investitsiyalarni jalb etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Yangiliklar lentasi
0