AQSh Yaqin Sharqda oltita bombardimonchi samolyotini joylashtirdi — OAV

© Commons.wikimedia / Master Sgt. Lance Cheung (U.S. Air Force)B-52, Amerikanskiy sverxdalniy bombardirovshik v nebe nad Afganistanom, 2006 god
B-52, Amerikanskiy sverxdalniy bombardirovshik v nebe nad Afganistanom, 2006 god - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2024
Obuna bo‘lish
OAV: AQSh Yaqin Sharqqa oltita B-52 samolyotini joylashtirdi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi keskinlashuv fonida Yaqin Sharqqa oltita B-52 bombardimonchi samolyotini joylashtirdi. Bu haqda Amerika rasmiylariga tayanib, "Air & Space Forces Magazine" nashri ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Yakshanba kuni AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) B-52 samolyotlari guruhi Yaqin Sharqqa yetib kelganini aytdi, biroq ularning sonini oshkor qilmadi.

“AQSh jami oltita B-52 samolyotini, "F-15E Strike Eagle" qiruvchilarining qo‘shimcha parvozini va havoda yoqilg‘i quyish samolyotlarini ushbu samolyotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun joylashtirmoqda”, — deb yozadi nashr.

Bombardimonchi samolyotlar aynan qayerda joylashganini aytishmagan, biroq ularga ko‘ra, yaqinda u yerdan kelgan yuk samolyoti Qatarga, AQShning Al-Udeyd mintaqasidagi eng yirik aviabazasiga qo‘ngan.
Avvalroq Pentagon Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqqa qo‘shimcha ravishda esmines, bombardimonchi samolyotlar va qiruvchi samolyotlar yuborgani haqida xabar bergan edi. Ushbu kuchlar yaqin oylarda mintaqaga kela boshlaydi, "Abraham Lincoln" boshchiligidagi aviatashuvchi zarbalar guruhi ketishga tayyorlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0