Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi — batafsil
10:30 02.11.2024 (yangilandi: 10:49 02.11.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF Dmitriya Chernishenko.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya delegatsiyasi tarkibida uchrashuvda vazirlar Aleksey Chekunkov va Sergey Kravsov ham qatnashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF Dmitriya Chernishenko.
Shavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF Dmitriya Chernishenko.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Dmitriy Chernishenko davlat rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hukumat raisi Mixail Mishustinning salomini yetkazdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF Dmitriya Chernishenko.
Shavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF Dmitriya Chernishenko.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari faoliyati va O‘zbekistonda ularning yangi filiallarini ochish, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF Dmitriya Chernishenko.
Shavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF Dmitriya Chernishenko.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ikki mamlakat hududlarining Rossiyaning Uzoq Sharqdagi hududlari bilan amaliy hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish muhimligi ta’kidlandi. Tomonlar o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish, qo‘shma madaniy va sport tadbirlarini o‘tkazishdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.