https://oz.sputniknews.uz/20241030/eoii-transport-xizmatlar-bozor-46365079.html
YeOII transport xizmatlarining umumiy bozorini shakllantirish g‘oyasini amalga oshirmoqda
YeOII transport xizmatlarining umumiy bozorini shakllantirish g‘oyasini amalga oshirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
YeOII 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini amalga oshirmoqda. Unga kiritilgan chora-tadbirlar transport sohasida integratsiya jarayonlarini izchil chuqurlashtirishga qaratilgan.
2024-10-30T08:43+0500
2024-10-30T08:43+0500
2024-10-30T08:43+0500
o‘zbekiston va yeoii
iqtisod
o‘zbekiston
yeoii
yeik
transport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45810515_0:75:1336:826_1920x0_80_0_0_eadefe9ecff1c9686a31c2bb39165eb3.jpg
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yagona transport makonini yaratish va transport xizmatlarining umumiy bozorini shakllantirish g‘oyasini amalga oshirmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev ma’lum qildi, deb yozmoqda komissiya matbuot xizmati.Shu maqsadda beshta davlat transport integratsiyasi bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni kelishib oladi, bu kelishuvlarni, jumladan, yo‘l xaritalarida qayd etadi.Bugungi kunda YeOII 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini amalga oshirmoqda. Unga kiritilgan chora-tadbirlar transport sohasida integratsiya jarayonlarini izchil chuqurlashtirishga qaratilgan.Hujjatni tayyorlashda ekspertlar zamonaviy sharoitda avtomobil, temir yo‘l, havo va suv transportini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni tartibga solishni bir-biriga yaqinlashtirish imkoniyatlarini, shuningdek, transport faoliyatining tarmoq miqyosidagi jihatlarini baholadi.Hujjat YeOIIda “Sharq-G‘arb” va “Shimol-Janub” yo‘nalishlaridagi transport infratuzilmasi “to‘siqlari” ro‘yxatini shakllantirish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kabi muhim chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.Shuningdek, u YeOIIga elektron transport hujjatlarini joriy etish bo‘yicha Ittifoq qonunchiligini takomillashtirishni nazarda tutadi.
https://oz.sputniknews.uz/20240809/eoii-mdh-formatida-transport-yolaklarini-rivojlantirish-45116118.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45810515_67:0:1267:900_1920x0_80_0_0_d73dd57d68033584bb9f8208f51a8b2a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii tarnsport bozori
YeOII transport xizmatlarining umumiy bozorini shakllantirish g‘oyasini amalga oshirmoqda
YeOII 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini amalga oshirmoqda. Unga kiritilgan chora-tadbirlar transport sohasida integratsiya jarayonlarini izchil chuqurlashtirishga qaratilgan.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yagona transport makonini yaratish va transport xizmatlarining umumiy bozorini shakllantirish g‘oyasini amalga oshirmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev ma’lum qildi, deb yozmoqda komissiya
matbuot xizmati. Shu maqsadda beshta davlat transport integratsiyasi bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni kelishib oladi, bu kelishuvlarni, jumladan, yo‘l xaritalarida qayd etadi.
Bugungi kunda YeOII 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini amalga oshirmoqda. Unga kiritilgan chora-tadbirlar transport sohasida integratsiya jarayonlarini izchil chuqurlashtirishga qaratilgan.
Hujjatni tayyorlashda ekspertlar zamonaviy sharoitda avtomobil, temir yo‘l, havo va suv transportini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni tartibga solishni bir-biriga yaqinlashtirish imkoniyatlarini, shuningdek, transport faoliyatining tarmoq miqyosidagi jihatlarini baholadi.
Hujjat YeOIIda “Sharq-G‘arb” va “Shimol-Janub” yo‘nalishlaridagi transport infratuzilmasi “to‘siqlari” ro‘yxatini shakllantirish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kabi muhim chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, u YeOIIga elektron transport hujjatlarini joriy etish bo‘yicha Ittifoq qonunchiligini takomillashtirishni nazarda tutadi.