Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII-MDH formatida transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

© Press-slujba YeEKArzibek Kojoshev obsudil sotrudnichestvo po razvitiyu transportnix koridorov v formate YeAES-SNG
Arzibek Kojoshev obsudil sotrudnichestvo po razvitiyu transportnix koridorov v formate YeAES-SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2024
Obuna bo‘lish
Yig‘ilish ishtirokchilari YeOII va MDH doirasida transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni qayd etdi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. MDH Ijroiya qo‘mitasi va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) 2030-yilgacha transport yo‘laklarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar rejasini tayyorlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Komissiyaning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Muvofiqlashtiruvchi Transport Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tashabbusi YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev va Muvofiqlashtiruvchi Transport Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Gennadiy Bessonov tomonidan muhokama qilindi.
MDH davlatlari hududidan o‘tuvchi xalqaro transport yo‘laklarini muvofiqlashtirilgan rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi organlar ishida YeIK ishtiroki ham ko‘rib chiqildi. Avvalroq YeIKning bunday tashabbusi YeOIIga a’zo davlatlarning transport sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.
Yig‘ilish ishtirokchilari YeOII va MDH doirasida transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni qayd etib, Yevroosiyo transport koridorlari hamda YeOII va MDH davlatlari hududlari orqali o‘tuvchi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanliklarini bildirdilar.
“Biz transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha bitta umumiy ish qilyapmiz va sa’y-harakatlarni birlashtirish orqali yanada katta samaraga erishishimiz mumkin”, – dedi Arzibek Kojoshev.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 2030-yilgacha transport yo‘laklarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar rejasini tayyorlash bo‘yicha bayonnoma imzolash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Maso i steyki v produktovom magazine v Makline, shtat Virdjiniya, SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda go‘sht ishlab chiqarish ko‘paydi
Yangiliklar lentasi
0