https://oz.sputniknews.uz/20241029/foydali-qazilmalar-ruxsat-jinoiy-javobgarlik-46363757.html
Foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi — tafsilotlar
Foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Ruxsatnomasiz foydali qazilmalarni qazib olganlarga jarima qo‘llaniladi, shuningdek majburiy jamoat ishlariga jalb etiladi. Qolaversa ozodlikdan cheklash yoki... 29.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-29T15:03+0500
2024-10-29T15:03+0500
2024-10-29T15:03+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qazilma boyliklari
oltin
jarima
jinoiy javobgarlik
jinoyat kodeksi
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/18/27440508_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_e69498e3b6a55d4fab4deeb8035879dd.jpg
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan tegishli qonun bilan foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Qonun bilan ayrim kodekslarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.Demak, foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish ( bundan yer osti suvlari va darolar o‘zanlarida joydashgan foydali qazilmalar mustasno) uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorida jarima qo‘llaniladi. Yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari, 1-yildan 3-yilgacha ozodlikdan cheklash yoki 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.O‘sha harakatlar ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash, 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, u yerda qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek yer berish tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzish yuzasidan ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olishda bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaniladi. Shuningdek, 360 soatgacha majburiy jamoat ishlariga, 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash, 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20231221/oltin-kumush-neft-gaz-ozbekiston-foydali-qazilmalar-41676891.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/18/27440508_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_aff1654c7d4bd835995efbd5de2c56b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qazilma boyliklari, oltin, jarima, jinoiy javobgarlik, jinoyat kodeksi, yangi qonun
jamiyat, o‘zbekiston, qazilma boyliklari, oltin, jarima, jinoiy javobgarlik, jinoyat kodeksi, yangi qonun
Foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi — tafsilotlar
Ruxsatnomasiz foydali qazilmalarni qazib olganlarga jarima qo‘llaniladi, shuningdek majburiy jamoat ishlariga jalb etiladi. Qolaversa ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan tegishli qonun bilan foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy
javobgarlik belgilandi. Qonun bilan ayrim kodekslarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
“Jinoyat kodeksiga foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olishni shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takror sodir etganlik uchun, shuningdek foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda”, — deyiladi hujjat matnida.
Demak, foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish ( bundan yer osti suvlari va darolar o‘zanlarida joydashgan foydali qazilmalar mustasno) uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorida jarima qo‘llaniladi. Yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari, 1-yildan 3-yilgacha ozodlikdan cheklash yoki 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash, 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, u yerda qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek yer berish tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzish yuzasidan ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olishda bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaniladi. Shuningdek, 360 soatgacha majburiy jamoat ishlariga, 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash, 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.