Oltin, kumush, neft va gaz — O‘zbekistonda qanday turdagi foydali qazilma konlari bor?

© Sputnik / Mark Agnor / Mediabankka o‘tishOltin rudasi yuklanmoqda
Oltin rudasi yuklanmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2023
Obuna bo‘lish
Davlat balansida jami 2 537 ta foydali qazilma konlari hisobga olingan.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 101 ta oltin va 3 ta kumush koni hisobga olingan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilos Jumayev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda Yer yuzida ma’lum bo‘lgan deyarli barcha turdagi foydali qazilmalar aniqlangan. Ular: oltin, kumush, platinoidlar, mis, uran, qo‘rg‘oshin, molibden, volfram, neft, tabiiy gaz, marganes, litiy, xrom, nikel, qalay, tantal, niobiy, kobalt, skandiy, germaniy, reniy.
Bugungi kunda mamlakatda 101 ta oltin va 3 ta kumush koni hisobga olingan. Konlarning asosiy qismi Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari xomashyo bazasi sifatida berilgan.
Davlat balansida jami 2 537 ta foydali qazilma konlari hisobga olingan.
Ular quyidagi konlaridan iborat:
1 855 tasi qurilish materiallari;
296 tasi uglevodorodlar;
128 tasi tog‘-kon xomashosi;
92 tasi qimmatbaho metallar;
61 tasi tog‘-kimyo xomashosi;
41 tasi radioaktiv metallar;
31 ta rangli toshlar;
20 tasi rangli va kamob metallar;
8 tasi ko‘mir hamda yonuvchi slaneslar;
5 tasi qora metall.

“10 ta mis koni hisobga olingan bo‘lib, uning asosiy zaxiralari Toshkent viloyatidagi “Oliy Ziyo”, “Saricheku”, “Qizata” konlariga to‘g‘ri keladi. Qo‘rg‘oshin va ruxning 5 ta konlari ma’lum (Xondiza, Uchquloch, Chinorsoy, Lashkerek, Kulchuloq)”, - dedi Ilos Jumayev.

Hozirda ular Olmaliq KMK tomonidan qazib olinmoqda va kombinatning quvvatlarini istiqbolda 2 barobarga oshirish imkoniyatini beradi.
Jizzax, Navoiy va Samarqand viloyatlarida 9 ta kon bo‘yicha volfram zaxiralari hisobga olingan hamda ularning ba’zilari o‘z vaqtida o‘zlashtirilgan. “Qo‘ytosh” va “Ingichka” konlardan zaxiralarning asosiy qismi qazib olingan. Qolgan 4 tasi (Sautbay, Yaxton, Xodjadik, Gussoy) istiqboldagi volfram xomashyo bazasi hisoblanadi.
43 turdagi noruda foydali qazilmalarning 2 085 ta ortiq koni aniqlangan, hozirda ularning 86 foizidan ko‘prog‘i sanoatda o‘zlashtirilgan.
“Bunda, asosan kichik va o‘rta biznes vakillari jalb etilgan bo‘lib, sement, shisha, har xil qurilish materiallari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Jumayev.
Aytilishicha, bugungi kunda 328 tadan ortiq yer qa’ri uchastkalarida tadbirkorlar tomonidan yangi konlar aniqlash uchun geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0