https://oz.sputniknews.uz/20241027/saylov-qonunbuzarliklar-prokuratura-46337973.html
Saylovlarda qonunbuzarliklar bo‘lgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi — Bosh prokuratura
Saylovlarda qonunbuzarliklar bo‘lgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi — Bosh prokuratura
Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura: ovoz berish jarayonida qonunbuzarliklar haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda 16 ta xabar e’lon qilindi. 27.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-27T16:58+0500
2024-10-27T16:58+0500
2024-10-27T17:18+0500
o‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
siyosat
o‘zbekiston
saylovlar
bosh prokuratura
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1b/46337407_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_5414f6c7ebf8e534e99182de1288fb6c.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan OAV va ijtimoiy tarmoqlarda parlament saylovlarida saylov uchastkalarida qonunbuzarliklar sodir etilgani haqidagi 16 ta xabar o‘rganib chiqildi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori o‘rinbosari Shohrux Aminov jurnalistlarga brifingda ma’lum qildi.Bugun O‘zbekistonda navbatdagi parlament saylovlari boshlandi. Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida Bosh prokuror o‘rinbosari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.Uning aytishicha, prokuratura tomonidan fuqarolar saylovchilar va deputatlikka nomzodlardan kelib tushgan 6 ta murojaat bo‘yicha, asosan, saylov jarayonini tashkil etish masalalari bo‘yicha ham tushuntirishlar berilgan.Aminov prokuratura saylov jarayonida qonunbuzarliklar haqida hamma xabarlarga yetib kelmasligi mumkinligini aytib, kuzatuvchilar, fuqarolar va ommaviy axborot vositalarini bunday faktlarni zudlik bilan yetkazishga chaqirdi.Eslatib o‘tamiz, saylovda ovoz berish soat 08:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi. O‘zbekistonda parlament saylovlari ilk bor aralash majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazilmoqda. Saylovlarni o‘tkazish uchun 10 717 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan, ulardan 57 tasi 40 ta davlatda, shu jumladan, 7 tasi Rossiyada. O‘zbekistondagi parlament saylovlarini MDH PAdan 60 nafardan ortiq kuzatuvchi kuzatib boradi.
https://oz.sputniknews.uz/20241027/vladivostok-tokio-seul-guanchjou-saylov-uchastka-ovoz-berish-46336813.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1b/46337407_66:0:1203:853_1920x0_80_0_0_dbde55d21b4e3ef80dac794f0101ece9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, saylovlar, bosh prokuratura
siyosat, o‘zbekiston, saylovlar, bosh prokuratura
Saylovlarda qonunbuzarliklar bo‘lgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi — Bosh prokuratura
16:58 27.10.2024 (yangilandi: 17:18 27.10.2024) Bosh prokuratura: ovoz berish jarayonida qonunbuzarliklar haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda 16 ta xabar e’lon qilindi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan OAV va ijtimoiy tarmoqlarda parlament saylovlarida saylov uchastkalarida qonunbuzarliklar sodir etilgani haqidagi 16 ta xabar o‘rganib chiqildi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori o‘rinbosari Shohrux Aminov jurnalistlarga brifingda ma’lum qildi.
Bugun O‘zbekistonda navbatdagi parlament saylovlari boshlandi. Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida Bosh prokuror o‘rinbosari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
“Ovoz berish jarayonida qonunbuzarliklar haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda 16 ta xabar e’lon qilindi. Bosh prokuratura ularni o‘rganib chiqib, ushbu xabarlarning barchasida qonunbuzarliklar qayd etilmaganini ma’lum qiladi”, — dedi brifingda.
Uning aytishicha, prokuratura tomonidan fuqarolar saylovchilar va deputatlikka nomzodlardan kelib tushgan 6 ta murojaat bo‘yicha, asosan, saylov jarayonini tashkil etish masalalari bo‘yicha ham tushuntirishlar berilgan.
Aminov prokuratura saylov jarayonida qonunbuzarliklar haqida hamma xabarlarga yetib kelmasligi mumkinligini aytib, kuzatuvchilar, fuqarolar va ommaviy axborot vositalarini bunday faktlarni zudlik bilan yetkazishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, saylovda ovoz berish soat 08:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi. O‘zbekistonda parlament saylovlari ilk bor aralash majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazilmoqda. Saylovlarni o‘tkazish uchun 10 717 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan, ulardan 57 tasi 40 ta davlatda, shu jumladan, 7 tasi Rossiyada. O‘zbekistondagi parlament saylovlarini MDH PAdan 60 nafardan ortiq kuzatuvchi kuzatib boradi.