https://oz.sputniknews.uz/20241027/vladivostok-tokio-seul-guanchjou-saylov-uchastka-ovoz-berish-46336813.html
Vladivostok, Tokio, Seul, Guanchjoudagi saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi — MSK
Vladivostok, Tokio, Seul, Guanchjoudagi saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi — MSK
Sputnik O‘zbekiston
MSK: 62,70 foiz fuqarolar saylovda ovoz berdi. 27.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-27T16:30+0500
2024-10-27T16:30+0500
2024-10-27T16:30+0500
o‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
siyosat
o‘zbekiston
saylovlar
markaziy saylov komissiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0a/36745237_0:114:3072:1842_1920x0_80_0_0_eb7fa361fd68df5cfbc515ecf9453bf9.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston parlamenti saylovlarida soat 15:00 holatiga 62,70 foiz saylovchi ovoz berdi. Bu haqda MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov brifingda ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, 12 mln 504 ming 688 nafar yoki 62,70 foiz fuqarolar saylovda ovoz berdi.Eslatib o‘tamiz, Saylov kodeksining 96-moddasiga binoan, agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tgan hisoblanadi. Ushbu raqamlar MSK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tgan deb hisoblashga asos bo‘la oladi. Yakuniy xulosa ovoz berish natijalaridan kelib chiqib beriladi.Saylovda ovoz berish soat 08:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi. O‘zbekistonda parlament saylovlari ilk bor aralash majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazilmoqda. Saylovlarni o‘tkazish uchun 10 717 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan, ulardan 57 tasi 40 ta davlatda, shu jumladan, 7 tasi Rossiyada. O‘zbekistondagi parlament saylovlarini MDH PAdan 60 nafardan ortiq kuzatuvchi kuzatib boradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0a/36745237_46:0:2777:2048_1920x0_80_0_0_de8ddcd39aabda62a0dea77fb863a08a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, saylovlar, markaziy saylov komissiyasi
siyosat, o‘zbekiston, saylovlar, markaziy saylov komissiyasi
Vladivostok, Tokio, Seul, Guanchjoudagi saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi — MSK
MSK: 62,70 foiz fuqarolar saylovda ovoz berdi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston parlamenti saylovlarida soat 15:00 holatiga 62,70 foiz saylovchi ovoz berdi. Bu haqda MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 12 mln 504 ming 688 nafar yoki 62,70 foiz fuqarolar saylovda ovoz berdi.
“Hozirga qadar Vladivostok, Tokio, Seul, Guanchjoudagi saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi. Ushbu saylov uchastkalarida saylov natijalarini aniqlash, bulletenlarni sanash jarayonlari boshlandi”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Saylov kodeksining 96-moddasiga binoan, agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tgan hisoblanadi. Ushbu raqamlar MSK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tgan deb hisoblashga asos bo‘la oladi. Yakuniy xulosa ovoz berish natijalaridan kelib
chiqib beriladi.Saylovda ovoz berish soat 08:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi. O‘zbekistonda parlament saylovlari ilk bor aralash majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazilmoqda. Saylovlarni o‘tkazish uchun 10 717 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan, ulardan 57 tasi 40 ta davlatda, shu jumladan, 7 tasi Rossiyada. O‘zbekistondagi parlament saylovlarini MDH PAdan 60 nafardan ortiq kuzatuvchi kuzatib boradi.