https://oz.sputniknews.uz/20241026/malayziya-kompaniyasi-ozbekiston-qayta-tiklanuvchi-energiya-loyihalari-46325169.html
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshiradi
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshiradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Selangor shtatining Kuala-Langat tumani Jenjarom shaharchasi hududida joylashgan “Sunview Group” kompaniyasiga qarashli quyosh fotoelektr stansiyasiga tashrif buyurdi. Elchi kompaniyaning loyihalar menejeri Jon Stid bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2024-10-26T11:40+0500
2024-10-26T11:40+0500
2024-10-26T11:47+0500
o‘zbekiston
malayziya
hamkorlik
elchi
elektr energiyasi
energetika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1a/45852262_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_20ba2a0a63343eaa1060647d2da32e5a.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshirishga kirishmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Selangor shtatining Kuala-Langat tumani Jenjarom shaharchasi hududida joylashgan “Sunview Group” kompaniyasiga qarashli quyosh fotoelektr stansiyasiga tashrif buyurdi. Elchi kompaniyaning loyihalar menejeri Jon Stid bilan uchrashuv o‘tkazdi.Jon Stid Energetika vazirligi qoshidagi “Yashil Energiya” MChJ bilan ijtimoiy obyektlar va davlat idoralariga panellarni o‘rnatish ishlarini boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.“Sunview Group” kompaniyasi 2013-yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning faoliyat turi qayta tiklanuvchi energetika sohasida qurilish bo‘yicha loyihalash, qurish, ishga tushirish va texnik ta’minot yechimlarini taklif etishdan iborat. Kompaniya faoliyati davomida jami quvvati 500 MVt dan ortiq bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini ishga tushirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20241019/malayziya-suniy-intellekt-mutaxassislar-46206417.html
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1a/45852262_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_615a08de9d632b3820de4e2bdf226928.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
malayziya o‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya loyihalari
malayziya o‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya loyihalari
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshiradi
11:40 26.10.2024 (yangilandi: 11:47 26.10.2024) Malayziya kompaniyasi vakili Energetika vazirligi qoshidagi “Yashil Energiya” MChJ bilan ijtimoiy obyektlar va davlat idoralariga panellarni o‘rnatish ishlarini boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshirishga kirishmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Selangor shtatining Kuala-Langat tumani Jenjarom shaharchasi hududida joylashgan “Sunview Group” kompaniyasiga qarashli quyosh fotoelektr stansiyasiga tashrif buyurdi. Elchi kompaniyaning loyihalar menejeri Jon Stid bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Sunview Group” kompaniyasi vakiliga ko‘ra, joriy yil iyul oyida kompaniya va O‘zbekiston Energetika vazirligi o‘rtasida ikkita quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha dastlabki shartlarni belgilash to‘g‘risidagi bitim imzolangan.
Jon Stid Energetika vazirligi qoshidagi “Yashil Energiya” MChJ bilan ijtimoiy obyektlar va davlat idoralariga panellarni o‘rnatish ishlarini boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.
“Sunview Group” kompaniyasi vakili, shuningdek, kompaniya Qashqadaryo viloyatida suv nasos stansiyalarini qayta tiklanuvchi elektr manbalari bilan ta’minlash loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari va texnik xususiyatlari o‘rganish ishlarini ham boshlashga tayyorligini bildirdi.
“Sunview Group” kompaniyasi 2013-yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning faoliyat turi qayta tiklanuvchi energetika sohasida qurilish bo‘yicha loyihalash, qurish, ishga tushirish va texnik ta’minot yechimlarini taklif etishdan iborat. Kompaniya faoliyati davomida jami quvvati 500 MVt dan ortiq bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini ishga tushirgan.