https://oz.sputniknews.uz/20241019/malayziya-suniy-intellekt-mutaxassislar-46206417.html
Malayziya bilan hamkorlikda sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar tayyorlanadi
Malayziya bilan hamkorlikda sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar tayyorlanadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Malayziya bilan sun’iy intellekt va katta hajmli ma’lumotlar boshqaruvi sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi rahbariyati Kuala-Lumpur shahridagi Osiyo-Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universitetiga tashrif buyurdi.
2024-10-19T13:59+0500
2024-10-19T13:59+0500
2024-10-19T13:59+0500
o‘zbekiston
malayziya
hamkorlik
sun’iy intellekt
raqamli texnologiyalar
kiberxavfsizlik
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45294887_0:164:947:696_1920x0_80_0_0_bc560b1161a01063a651324d15cb799b.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston Malayziya bilan sun’iy intellekt va katta hajmli ma’lumotlar boshqaruvi sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi rahbariyati Kuala-Lumpur shahridagi Osiyo-Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universitetiga tashrif buyurdi.Xorij tomonga O‘zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.Uchrashuv yakunida xorij tomoni bilan sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari, katta hajmli ma’lumotlar (Big Data) boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qituvchilar malakasini oshirish va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev universitetning kiberxavfsizlik, moliyaviy monitoring va menejment, ma’lumotlarni boshqarish kabi qator sohalarda faoliyat olib borayotgan laboratoriyalari bilan tanishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20241006/uzbekistan-malaysia-islomiy-sugurta-45995120.html
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45294887_0:75:947:785_1920x0_80_0_0_2b02d42fdd794e70e2bfebc4ad35ac7f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
malayziya sun’iy intellekt mutaxassislar
malayziya sun’iy intellekt mutaxassislar
Malayziya bilan hamkorlikda sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar tayyorlanadi
Xorij tomoni bilan dastlabki kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston Malayziya bilan sun’iy intellekt va katta hajmli ma’lumotlar boshqaruvi sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatadi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi rahbariyati Kuala-Lumpur shahridagi Osiyo-Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mazkur universitet hammuassisi va bosh direktori Parmjit Singx bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda mazkur ta’lim dargohi bilan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida O‘zbekiston davlat universitetlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xorij tomonga O‘zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Parmjit Singx O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan axborot kommunikatsiyalari, raqamli texnologiyalar, kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida ta’lim dasturlarini tashkil etish, qo‘shma fakultet ochish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Bu borada O‘zbekistonning yetakchi universitetlari bilan o‘zaro hamkorlikka oid takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida xorij tomoni bilan sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari, katta hajmli ma’lumotlar (Big Data) boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qituvchilar malakasini oshirish va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev universitetning kiberxavfsizlik, moliyaviy monitoring va menejment, ma’lumotlarni boshqarish kabi qator sohalarda faoliyat olib borayotgan laboratoriyalari bilan tanishdi.