https://oz.sputniknews.uz/20241025/tashqi-mehnat-migratsiyasi-agentligi-tugatildi-46318954.html
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi
Sputnik O‘zbekiston
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tuzilmasida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 25.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-25T17:38+0500
2024-10-25T17:38+0500
2024-10-25T17:58+0500
jamiyat
migratsiya
prezident farmoni
migratsiya agentligi
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/11/25404633_0:0:3000:1688_1920x0_80_0_0_ca19fcd70db3f7e62e1deea2ef3b3a10.jpg
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekistonda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etildi. Bu haqida 17-oktabrda imzolangan 162-sonli prezident farmonida aytib o‘tilgan. Shuningdek, farmonga muvofiq: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2003-yilda tashkil qilingan edi, u xorijda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Agentlik, shu qatorda, xorijiy davlatlarda ish o‘rinlari izlash, fuqarolarga chet tili va kasb o‘rgatish bilan ham shug‘ullanib kelmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20240423/davlat-migrantlar-qollab-quvvatlash-43572083.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/11/25404633_67:0:2755:2016_1920x0_80_0_0_d8e6d42e39162d6ca948b2e26056661c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, migratsiya, prezident farmoni, migratsiya agentligi, migrantlar
jamiyat, migratsiya, prezident farmoni, migratsiya agentligi, migrantlar
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi
17:38 25.10.2024 (yangilandi: 17:58 25.10.2024) Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tuzilmasida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekistonda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etildi. Bu haqida 17-oktabrda imzolangan 162-sonli prezident farmonida aytib o‘tilgan.
Shuningdek, farmonga muvofiq:
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi Agentlikka o‘tkazilib uning negizida
Migratsiya jamg‘armasi tashkil etiladi.
Migratsiya agentligi tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
2025 yil 1-yanvardan Migratsiya Agentlikka xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish ruxsat beriladi. Tekshiruv natijalari “Xorijda ish” elektron dasturiga 5 kun ichida joylashtirilishi kerak.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2003-yilda tashkil qilingan edi, u xorijda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Agentlik, shu qatorda, xorijiy davlatlarda ish o‘rinlari izlash, fuqarolarga chet tili va kasb o‘rgatish bilan ham shug‘ullanib kelmoqda.