Davlat migrantlarni qanday qo‘llab-quvvatlaydi?

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda migratsiya sohasida qator o‘zgarishlar kutilmoqda. O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, davlat tomonidan mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash va migrantlarning oila a’zolariga yordam berish chora-tadbirlari kuchaytiriladi.
Shu yilning 4-aprel kuni prezident "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzolandi.
Hujjat chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarga qulay shart-sharoitalar yaratish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslari rag‘batlantirish maqsadida qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi – davlat muassasi, shuningdek Vazirlar Mahkamasida tashqi mehnat migratsi bo‘limi tashkil etiladi. BAA, Britaniya, Vengriya, Germaniya, Latviya, Polsha va Yaponiyadagi diplomatik vakolatxonalarda mehnat migratsiyasi bo‘yicha attashe lavozimi joriy etiladi.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0