https://oz.sputniknews.uz/20241024/beruniy-yunesko-uzbekistan-xalqaro-mukofot-46287673.html
Beruniy nomidagi YuNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi — u kimlarga beriladi?
Beruniy nomidagi YuNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi — u kimlarga beriladi?
Sputnik O‘zbekiston
Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqandda YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi. 24.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-24T12:05+0500
2024-10-24T12:05+0500
2024-10-24T12:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yunesko
abu rayhon beruniy
mukofot
sun’iy intellekt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/18/46287342_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_604af83aecfa6ccc1ecd9d606f278cda.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Sun’iy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YuNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Ushbu qaror Parijda bo‘lib o‘tgan YuNESKO Ijroiya kengashining 220-sessiyasida O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida bir ovozdan qabul qilindi. Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqandda YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston yetakchisi Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etilish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi. Mazkur hujjat Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosini xalqaro darajada chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yanada kengaytirishni nazarda tutadi.
https://oz.sputniknews.uz/20221009/qomusiy-alloma-abu-rayhon-beruniy-haqida-28952514.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/18/46287342_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_0cbc395ac9b8b4db760cb11fd8de2b0c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, yunesko, abu rayhon beruniy, mukofot, sun’iy intellekt
jamiyat, o‘zbekiston, yunesko, abu rayhon beruniy, mukofot, sun’iy intellekt
Beruniy nomidagi YuNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi — u kimlarga beriladi?
Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqandda YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Sun’iy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YuNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida
ma’lum qildi. Ushbu qaror Parijda bo‘lib o‘tgan YuNESKO Ijroiya kengashining 220-sessiyasida O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida bir ovozdan qabul qilindi.
“Mukofot ikki yilda bir marotaba sun’iy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvorli loyihalarga beriladi. G‘oliblar mustaqil xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi e’tirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi”, — deyiladi xabarda
Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqandda YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
“Bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi”, — deb yozadi Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston yetakchisi Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etilish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi. Mazkur hujjat Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosini xalqaro darajada chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yanada kengaytirishni
nazarda tutadi.