https://oz.sputniknews.uz/20241022/putin-briks-milliy-valyuta-ulush-geosiyosiy-xavf-46262351.html
Putin: BRIKS mamlakatlarida milliy valyutalar ulushini oshirish geosiyosiy xavfni kamaytiradi
Putin: BRIKS mamlakatlarida milliy valyutalar ulushini oshirish geosiyosiy xavfni kamaytiradi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rousseff bilan uchrashdi.
2024-10-22T16:00+0500
2024-10-22T16:00+0500
2024-10-22T16:00+0500
iqtisod
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
qozon
bank
valyuta
vladimir putin
briks (brics)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/16/46262479_0:0:3360:1890_1920x0_80_0_0_63a0c9b2355ddf034ea749285f205a71.jpg
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. BRIKS mamlakatlari o‘rtasidagi to‘lovlarda milliy valyutalar ulushining ortib borayotgani geosiyosiy xavflarni kamaytirishga yordam beradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rousseff bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar berdi Kreml matbuot xizmati.U Yangi taraqqiyot bankini yaxshi va istiqbolli moliya instituti deb atadi. 2018-yildan beri bank umumiy qiymati qariyb 33 milliard dollarlik yuzga yaqin loyihani moliyalashtirdi.Rousseff, o‘z navbatida, Global Janub mamlakatlari moliyalashtirishga muhtojligini va hozirda uni olish uchun sharoitlar ancha murakkab ekanini ta’kidladi.Yangi taraqqiyot bankining asosiy vazifasi BRIKS mamlakatlari va rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma loyihalari va barqaror rivojlanish loyihalarini moliyalashtirishdan iborat.
https://oz.sputniknews.uz/20241022/kazan-brics-16-sammit-46259041.html
qozon
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/16/46262479_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_7255253520bb187cf38088185e3e449a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin yangi taraqqiyot banki prezidenti dilma rousseff briks
vladimir putin yangi taraqqiyot banki prezidenti dilma rousseff briks
Putin: BRIKS mamlakatlarida milliy valyutalar ulushini oshirish geosiyosiy xavfni kamaytiradi
Vladimir Putin Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rousseff bilan uchrashdi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. BRIKS mamlakatlari o‘rtasidagi to‘lovlarda milliy valyutalar ulushining ortib borayotgani geosiyosiy xavflarni kamaytirishga yordam beradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rousseff bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar berdi Kreml
matbuot xizmati. “Milliy valyutalarda hisob-kitoblarni ko‘paytirish qarzga xizmat ko‘rsatish to‘lovlarini kamaytirish, BRIKSga a’zo mamlakatlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish va geosiyosiy xatarlarni minimallashtirish hamda bugungi dunyoda imkon qadar iqtisodiyotni siyosatdan xoli rivojlantirish imkonini beradi”, — dedi Rossiya rahbari.
U Yangi taraqqiyot bankini yaxshi va istiqbolli moliya instituti deb atadi. 2018-yildan beri bank umumiy qiymati qariyb 33 milliard dollarlik yuzga yaqin loyihani moliyalashtirdi.
Rousseff, o‘z navbatida, Global Janub mamlakatlari moliyalashtirishga muhtojligini va hozirda uni olish uchun sharoitlar ancha murakkab ekanini ta’kidladi.
“Biz haqiqatan ham bir qator loyihalarga juda katta hajmdagi mablag‘ ajratdik, biroq bu Global Janubdagi mamlakatlar ehtiyojlari bilan solishtirganda hali ham yetarli emas. Shuning uchun ham milliy valyutalarda, maxsus formatlarda moliyalashtirishni ta’minlash juda muhim. Yangi taraqqiyot banki esa bunga sodiqdir”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Yangi taraqqiyot bankining asosiy vazifasi BRIKS mamlakatlari va rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma loyihalari va barqaror rivojlanish loyihalarini moliyalashtirishdan iborat.