https://oz.sputniknews.uz/20241022/bolalar-oila-zoravonlik-javobgarlik-46261281.html
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilandi
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident imzolagan qonun oilada bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan.
2024-10-22T16:42+0500
2024-10-22T16:42+0500
2024-10-22T16:42+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yangi qonun
jinoyat kodeksi
bolalar
javobgarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1a/45855548_0:65:1370:836_1920x0_80_0_0_29ca7c137963825f320592f184e0f1b3.jpg
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan tegishli qonunda nazarda tutilgan.Bugungi kunda huquqni qo‘llash amaliyotida bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq qator muammolar mavjud. Xususan, bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik tarzidagi ma’muriy huquqbuzarliklar va jinoiy qilmishlar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmagan.Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20240917/odam-savdo-homilador-jinoyat-jazo-45705911.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1a/45855548_85:0:1285:900_1920x0_80_0_0_cd044b0eea1bfeff0e0cb40f8a88dc2c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bolalar tazyiq va zo‘ravonlik javobgarlik
bolalar tazyiq va zo‘ravonlik javobgarlik
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilandi
Prezident imzolagan qonun oilada bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan tegishli qonunda
nazarda tutilgan. Bugungi kunda huquqni qo‘llash amaliyotida bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq qator muammolar mavjud. Xususan, bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik tarzidagi ma’muriy huquqbuzarliklar va jinoiy qilmishlar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmagan.
Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.
“Ushbu qonun oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilashga, oilada bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga, shuningdek mamlakatimizning bolalar huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq xalqaro indekslardagi o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi”, — deyiladi hujjat matnida.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.