https://oz.sputniknews.uz/20240917/odam-savdo-homilador-jinoyat-jazo-45705911.html
Odam savdosi: homiladorlarga nisbatan sodir etilgan jinoyat uchun jazo kuchaytiriladi
Odam savdosi: homiladorlarga nisbatan sodir etilgan jinoyat uchun jazo kuchaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritiladi. 17.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-17T15:31+0500
2024-09-17T15:31+0500
2024-09-17T15:31+0500
jamiyat
o‘zbekiston
deputatlar
odam savdosi
homiladorlik
jinoyat kodeksi
jinoyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/16/28443113_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_fbbe41e10ea75c19d8c704ed998fa4cf.jpg
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Homilador ayolga nisbatan odam savdosi jinoyatini sodir etganlarga nisbatan jazo choralari kuchaytiriladi. Bu haqda quyi palataning navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.Majlisda deputatlar “Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilishdi.Qayd etilishicha, bugungi kunda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar hamon sodir etilmoqda. Bu kabi insonlarning huquqlari va erkinliklarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, jumladan, odam savdosi jinoyati uchun mutanosib sanksiyalar belgilanmagan.Mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksiga odam savdosi jinoyatini sodir etganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish bilan bog‘liq o‘zgartirish kiritish nazarda tutilmoqda.Aytilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi odam savdosi jinoyati sodir etilishining oldini olishga, bolalar va xotin-qizlar huquqlari bilan bog‘liq xalqaro indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/16/28443113_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_bb0aca64b51f0d1815884b6c91fe4e45.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, deputatlar, odam savdosi, homiladorlik, jinoyat kodeksi, jinoyat
jamiyat, o‘zbekiston, deputatlar, odam savdosi, homiladorlik, jinoyat kodeksi, jinoyat
Odam savdosi: homiladorlarga nisbatan sodir etilgan jinoyat uchun jazo kuchaytiriladi
Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritiladi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Homilador ayolga nisbatan odam savdosi jinoyatini sodir etganlarga nisbatan jazo choralari kuchaytiriladi. Bu haqda quyi palataning navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Majlisda deputatlar “Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilishdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar hamon sodir etilmoqda. Bu kabi insonlarning huquqlari va erkinliklarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, jumladan, odam savdosi jinoyati uchun mutanosib sanksiyalar belgilanmagan.
Mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksiga odam savdosi jinoyatini sodir etganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish bilan bog‘liq o‘zgartirish kiritish nazarda tutilmoqda.
“Jumladan, homilador ayolga nisbatan sodir etilgan odam savdosi, shuningdek, muqaddam odam o‘g‘irlash jinoyatini sodir etgan shaxslar tomonidan odam savdosi jinoyatining sodir etilishini og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilash taklif etilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi odam savdosi jinoyati sodir etilishining oldini olishga, bolalar va xotin-qizlar huquqlari bilan bog‘liq xalqaro indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi.