https://oz.sputniknews.uz/20240926/baxtiyor-saidov-bmt-uzbekistan-taklif-45845244.html
Baxtiyor Saidov BMTda nutq so‘zladi — O‘zbekiston qanday takliflarni ilgari surdi?
Baxtiyor Saidov BMTda nutq so‘zladi — O‘zbekiston qanday takliflarni ilgari surdi?
Sputnik O‘zbekiston
Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida nutq so‘zladi. 26.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-26T12:18+0500
2024-09-26T12:18+0500
2024-09-26T15:29+0500
siyosat
o‘zbekiston
bmt
baxtiyor saidov
afg‘oniston
termiz
markaziy osiyo
iqlim o‘zgarishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1a/45849408_0:22:864:508_1920x0_80_0_0_7d9a7eeeabc519de4cd78608349ea286.jpg
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida nutq so‘zladi.O‘zbekiston quyidagilarni taklif qildi:Eslatib o‘tamiz, avgust oyida BMT Bosh Assambleyasi bir ovozdan “Degradatsiyaga uchragan va qurg‘oq hududlarda barqaror o‘rmonzorlarni barpo etish, daraxt ekish va ularni targ‘ib qilish – ekologik muammolarga qarshi kurashning samarali yechimi” rezolyutsiyasini qabul qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240702/mirziyoev-mintaqadagi-koprik-ornatuvchi-tashabbuskor-tinchlik-elchisi--antoniu-guterrish-44630735.html
o‘zbekiston
termiz
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1a/45849408_79:0:786:530_1920x0_80_0_0_5f728d47228a21753cbb80f28422c1d1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, bmt, baxtiyor saidov, afg‘oniston, termiz, markaziy osiyo, iqlim o‘zgarishi
siyosat, o‘zbekiston, bmt, baxtiyor saidov, afg‘oniston, termiz, markaziy osiyo, iqlim o‘zgarishi
Baxtiyor Saidov BMTda nutq so‘zladi — O‘zbekiston qanday takliflarni ilgari surdi?
12:18 26.09.2024 (yangilandi: 15:29 26.09.2024) Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida nutq so‘zladi.
“Biz dunyoning ko‘p nuqtalarida notinchliklar kuchayib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik, texnologik nomutanosiblik kabi dolzarb muammolarni hal qilishda barchani yaqinroq global hamkorlikka chaqiramiz. Barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqlik va Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda faol ishtirok etish bizning asosiy ustuvor vazifalarimiz bo‘lib qoladi”, — deb yozadi vazir o‘zining Telegram-kanalida.
O‘zbekiston quyidagilarni taklif qildi:
rivojlanayotgan davlatlar imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida xalqaro moliya tizimini isloh qilish;
barcha uchun xavfsiz, foydalanish mumkin bo‘lgan raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash;
iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni, ayniqsa Markaziy Osiyoning zaif mintaqalarida kuchaytirish;
ayollar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish;
terrorizm va korrupsiyaga qarshi kurashishda harakatlarimizni birlashtirish;
Markaziy Osiyo va undan tashqarida transport koridorlari va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish;
Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolari uchun o‘quv markazini Global o‘quv markaziga aylantirish.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida BMT Bosh Assambleyasi bir ovozdan “Degradatsiyaga uchragan va qurg‘oq hududlarda barqaror o‘rmonzorlarni barpo etish, daraxt ekish va ularni targ‘ib qilish – ekologik muammolarga qarshi kurashning samarali yechimi” rezolyutsiyasini
qabul qildi.