https://oz.sputniknews.uz/20241019/zelenskiy-rossiya-bilan-muzokaralar-46206781.html
Zelenskiy yana Rossiya bilan muzokaralarga qarshi chiqdi
Zelenskiy yana Rossiya bilan muzokaralarga qarshi chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralarga yana qarshi chiqdi, biroq Xitoy, Braziliya va boshqa davlatlarning takliflarini “tinchlik rejasi”ga kiritishga tayyorligini bildirdi.
2024-10-19T15:27+0500
2024-10-19T15:27+0500
2024-10-19T15:27+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
vladimir zelenskiy
xitoy
braziliya
afrika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/06/36593251_0:198:3072:1926_1920x0_80_0_0_a05de764e23417291aedcead15dddaf7.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralarga yana qarshi chiqdi, biroq Xitoy, Braziliya va boshqa davlatlarning takliflarini “tinchlik rejasi”ga kiritishga tayyorligini bildirdi.Shu bilan birga, Zelenskiy “tinchlik rejasi”ga Xitoy, Braziliya va Afrika davlatlarining takliflarini kiritishga tayyorligini ma’lum qildi. Uning fikricha, Xitoy, Hindiston, AQSh va Saudiya Arabistoni Rossiyaga nisbatan yanada qattiqroq sanksiyalar va boshqa bosim usullarini qo‘llash orqali mojaroni to‘xtata oladi.Zelenskiy chorshanba kuni Ukraina parlamentiga “g‘alaba rejasi”ni taqdim etdi. Hujjat besh punkt va uchta maxfiy ilovadan iborat. Birinchi punkt geosiyosiy — Ukrainani NATOga taklif qilinishi bilan bog‘liq. Ikkinchisi mudofaa masalalari bilan bog‘liq bo‘lsa, uchinchisi Ukraina hududida G‘arb davlatlarining “yadroviy bo‘lmagan keng qamrovli strategik paketini” joylashtirish orqali Rossiya kuchlarini tiyib turishni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi punktda mamlakatning strategik iqtisodiy salohiyati, beshinchisida esa qurolli mojaro tugaganidan keyingi vaqt haqida so‘z boradi. Zelenskiy rejani amalga oshirish “hamkorlarga bog‘liq” ekanini ta’kidladi.Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Zelenskiy taqdim etgan “g‘alaba rejasi”ni izohlar ekan, bu reja emas, balki bir-biriga mos kelmaydigan shiorlar to‘plami ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu reja NATOni faqat Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ziddiyatga undaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20241018/zelenskiy-garb-46190901.html
ukraina
xitoy
braziliya
afrika
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/06/36593251_114:0:2845:2048_1920x0_80_0_0_6115a115faa631c788743113056c6d64.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zelenskiy rossiya muzokaralar
zelenskiy rossiya muzokaralar
Zelenskiy yana Rossiya bilan muzokaralarga qarshi chiqdi
Zelenskiy “tinchlik rejasi”ga Xitoy, Braziliya va Afrika davlatlarining takliflarini kiritishga tayyorligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralarga yana qarshi chiqdi, biroq Xitoy, Braziliya va boshqa davlatlarning takliflarini “tinchlik rejasi”ga kiritishga tayyorligini
bildirdi.
“Turli hamkorlar vaqti-vaqti bilan turli sabablarga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish istagida bo‘lishadi. Bizning fikrimiz o‘zgarmadi, bizsiz biz haqimizda muzokaralar bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz”, - dedi Zelenskiy Ukraina ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, Zelenskiy “tinchlik rejasi”ga Xitoy, Braziliya va Afrika davlatlarining takliflarini kiritishga tayyorligini ma’lum qildi. Uning fikricha, Xitoy, Hindiston, AQSh va Saudiya Arabistoni Rossiyaga nisbatan yanada qattiqroq sanksiyalar va boshqa bosim usullarini qo‘llash orqali mojaroni to‘xtata oladi.
Zelenskiy chorshanba kuni Ukraina parlamentiga “g‘alaba rejasi”ni taqdim etdi. Hujjat besh punkt va uchta maxfiy ilovadan iborat. Birinchi punkt geosiyosiy — Ukrainani NATOga taklif qilinishi bilan bog‘liq. Ikkinchisi mudofaa masalalari bilan bog‘liq bo‘lsa, uchinchisi Ukraina hududida G‘arb davlatlarining “yadroviy bo‘lmagan keng qamrovli strategik paketini” joylashtirish orqali Rossiya kuchlarini tiyib turishni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi punktda mamlakatning strategik iqtisodiy salohiyati, beshinchisida esa qurolli mojaro tugaganidan keyingi vaqt haqida so‘z boradi. Zelenskiy rejani amalga oshirish “hamkorlarga bog‘liq” ekanini ta’kidladi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Zelenskiy taqdim etgan “g‘alaba rejasi”ni izohlar ekan, bu reja emas, balki bir-biriga mos kelmaydigan shiorlar to‘plami ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu reja NATOni faqat Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ziddiyatga undaydi.