https://oz.sputniknews.uz/20241018/zelenskiy-garb-46190901.html
G‘arb Zelenskiyning oxiri yo‘q talablarini bajarishdan charchadi - ekspert
G‘arb Zelenskiyning oxiri yo‘q talablarini bajarishdan charchadi - ekspert
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb davlatlari Vladimir Zelenskiyning doimiy talablaridan charchagan va yangilarini bajarishga tayyor emas, dedi britaniyalik ekspert Aleksandr Merkuris YouTube'dagi blogida.
2024-10-18T13:01+0500
2024-10-18T13:01+0500
2024-10-18T13:01+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
vladimir zelenskiy
dunyo yangiliklari
dunyoda
g‘arb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0e/45195811_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_b2e2c4e935e51379719e8d5bc77026c9.jpg
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. G‘arb davlatlari Vladimir Zelenskiyning doimiy talablaridan charchagan va yangilarini bajarishga tayyor emas, dedi britaniyalik ekspert Aleksandr Merkuris YouTube'dagi blogida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy G‘arbning o‘z so‘rovlariga salbiy javobini hech qachon qabul qilmagan va aksincha, yon berishlari umidida o‘z talablarini so‘rash va takrorlashda davom etgan. Zelenskiy chorshanba kuni Ukraina parlamentiga “g‘alaba rejasi”ni taqdim etdi. Hujjat besh punkt va uchta maxfiy ilovadan iborat. Birinchi punkt geosiyosiy — Ukrainani NATOga taklif qilinishi bilan bog‘liq. Ikkinchisi mudofaa masalalari bilan bog‘liq bo‘lsa, uchinchisi Ukraina hududida G‘arb davlatlarining “yadroviy bo‘lmagan keng qamrovli strategik paketini” joylashtirish orqali Rossiya kuchlarini tiyib turishni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi punktda mamlakatning strategik iqtisodiy salohiyati, beshinchisida esa qurolli mojaro tugaganidan keyingi vaqt haqida so‘z boradi. Zelenskiy rejani amalga oshirish “hamkorlarga bog‘liq” ekanini ta’kidladi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Zelenskiy taqdim etgan “g‘alaba rejasi”ni izohlar ekan, bu reja emas, balki bir-biriga mos kelmaydigan shiorlar to‘plami ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu reja NATOni faqat Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ziddiyatga undaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20241017/vladimir-zelenskiy-galaba-reja-46172067.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0e/45195811_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_57d457170bdb67c7015b38203e2064f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
britaniya zelenskiy “g‘alaba rejasi”
britaniya zelenskiy “g‘alaba rejasi”
G‘arb Zelenskiyning oxiri yo‘q talablarini bajarishdan charchadi - ekspert
Ta’kidlanishicha, Zelenskiy G‘arbning o‘z so‘rovlariga salbiy javobini hech qachon qabul qilmagan
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. G‘arb davlatlari Vladimir Zelenskiyning doimiy talablaridan charchagan va yangilarini bajarishga tayyor emas,
dedi britaniyalik ekspert Aleksandr Merkuris YouTube'dagi blogida.
“Zelenskiy G‘arb hukumatlari <...> bu talablardan g‘azablanganini ko‘radi va ular birinchi marta unga javob sifatida “yo‘q”ni qabul qilish kerakligini aytadilar”, - dedi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy G‘arbning o‘z so‘rovlariga salbiy javobini hech qachon qabul qilmagan va aksincha, yon berishlari umidida o‘z talablarini so‘rash va takrorlashda davom etgan.
Zelenskiy chorshanba kuni Ukraina parlamentiga “g‘alaba rejasi”ni taqdim etdi. Hujjat besh punkt va uchta maxfiy ilovadan iborat. Birinchi punkt geosiyosiy — Ukrainani NATOga taklif qilinishi bilan bog‘liq. Ikkinchisi mudofaa masalalari bilan bog‘liq bo‘lsa, uchinchisi Ukraina hududida G‘arb davlatlarining “yadroviy bo‘lmagan keng qamrovli strategik paketini” joylashtirish orqali Rossiya kuchlarini tiyib turishni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi punktda mamlakatning strategik iqtisodiy salohiyati, beshinchisida esa qurolli mojaro tugaganidan keyingi vaqt haqida so‘z boradi. Zelenskiy rejani amalga oshirish “hamkorlarga bog‘liq” ekanini ta’kidladi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Zelenskiy taqdim etgan “g‘alaba rejasi”ni izohlar ekan, bu reja emas, balki bir-biriga mos kelmaydigan shiorlar to‘plami ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu reja NATOni faqat Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ziddiyatga undaydi.