Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Vladimir Zelenskiy o‘zining “g‘alaba rejasi”ni taqdim etdi

© AP Photo / Fermin RodriguezPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy na sammite Yevropi v Granade, Ispaniya, 5-oktabrya 2023 goda.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy na sammite Yevropi v Granade, Ispaniya, 5-oktabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2024
Obuna bo‘lish
Deputat: yopiq yig‘ilishda Zelenskiy rejalar haqidagi xech bir savolga javob bera olmadi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Radaga o‘zining “g‘alaba rejasi”ni taqdim etdi. Bu haqda prezident idorasi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak OAVga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Aytilishicha, hujjat besh punkt va uchta maxfiy ilovadan iborat.
Birinchi punkt geosiyosiy — Ukrainani NATOga taklif qilinishi bilan bog‘liq. Ikkinchisi mudofaa masalalari bilan bog‘liq bo‘lsa, uchinchisi Ukraina hududida G‘arb davlatlarining "yadroviy bo‘lmagan keng qamrovli strategik paketini" joylashtirish orqali Rossiya kuchlarini tiyib turishni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi punktda mamlakatning strategik iqtisodiy salohiyati, beshinchisida esa qurolli mojaro tugaganidan keyingi vaqt haqida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, mojaro 2025-yildan kechiktirmay yakunlanishi kerak.
“U yerda, ilovalarda, front chizig‘idan juda uzoqda joylashgan logistikani yo‘q qilish, ham jamg‘arish obyektlarini, ham ishlab chiqarish obyektlarini, jumladan, ishchi kuchi to‘planadigan joylarni yo‘q qilish uchun qanday qurol bo‘lishi kerakligi aniq ko‘rsatilgan. Men yana bir bor ta’kidlayman, Rossiya Federatsiyasining tubida. Qaysi aniq nishonlarga zarba beriladi, buning uchun qancha va qancha qurol kerak”, — dedi Podolyak bergan intervyusida.
Rada deputati Artom Dmitrukning fikricha, Vladimir Zelenskiy va uning atrofidagilar g‘alaba va Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lmasligini allaqachon tushunib yetishgan. Ularning maqsadi muddatini uzaytirish.
“Kiyevda o‘z nutqidan so‘ng bo‘lib o‘tgan yopiq yig‘ilishda Zelenskiy front va butun mamlakat bo‘yicha real vaqt va kelajak rejalari haqidagi xech bir savolga javob bera olmadi”, — deb yozdi deputat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy harbiy va razvedka ma’lumotlarini tinglashni to‘xtatgan, frontdagi vaziyat haqidagi ma’lumotlar “juda achinarli”.
Rossiya TIV rasmiy vakilili Mariya Zaxarovaga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy o‘zining "g‘alaba rejasi" bilan faqat NATOni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga undaydi va Rossiya hududiga zarba berish uchun ruxsat olishni talab qilmoqda.
“Bu, albatta, reja emas, bu bir-biriga mos kelmaydigan shiorlar to‘plami, bu neonatsist qotilining lablaridagi qonli ko‘pik. Zelenskiy bilmasa, ayta olaman. <…> Kiyev rejimining sheriklari Ukrainani xavfsizlik arxitekturasida qanday ko‘rishlarini allaqachon namoyish qilishgan: ular Ukrainani, Ukraina fuqarolarini qabrda ko‘rishadi”, — dedi Zaxarova
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Zelenskiyning “g‘alaba rejasi” emas, bu Ukraina va Ukraina xalqi uchun “falokat rejasi”.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy na zasedanii Soveta Bezopasnosti OON (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy ittifoqchilarga Ukrainaning “g‘alaba rejasini” qabul qilish uchun uch oy vaqt berdi
Yangiliklar lentasi
0