https://oz.sputniknews.uz/20241017/egypt-uzbekistan-talabalar-noyob-adabiyot-darsliklar-46168771.html
Misr o‘zbekistonlik talabalar uchun noyob adabiyot va darsliklar yubordi — ular nima haqida?
Misr o‘zbekistonlik talabalar uchun noyob adabiyot va darsliklar yubordi — ular nima haqida?
Sputnik O‘zbekiston
Adabiyot va darsliklar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, uning huzuridagi Diplomatik akademiya va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga beriladi. 17.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-17T12:19+0500
2024-10-17T12:19+0500
2024-10-17T19:52+0500
jamiyat
o‘zbekiston
misr
kitob
otm
talabalar
elchixona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/11/46165984_0:48:915:563_1920x0_80_0_0_4a5a01b7e654f525273d26e0a56dbfc5.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Misr O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun 500 tadan ziyod noyob adabiyot va darsliklarni taqdim qildi, deya xabar berdi "Dunyo" AA. Kitob va darsliklar Misr Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik tadqiqotlar instituti, Arab davlatlari ligasi va "Al-Azhar" diniy majmuasi kutubxonasi fondidan O‘zbekiston elchixonasiga topshirildi. Shuningdek, musulmon olamidagi eng qadimiy va eng nufuzli oliygohlardan hisoblangan "Al-Azhar ash-Sharif" diniy majmuasi esa "Al-Azhar" universitetida talabalarga o‘qitiladigan qimmatli adabiyotlar, muqaddas Islom dini va ma’naviyatga chorlovchi qo‘llanmalarni taqdim etdi. Aytilishicha, mazkur qadam O‘zbekiston va Misr oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikning kichik bir misoli. Chunki so‘nggi yillarda talabalar va o‘qituvchi almashish, o‘zaro malaka oshirish bo‘yicha ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20241016/uzbekistan-egypt-muftiy-fatvolar-hamkorlik-46148833.html
o‘zbekiston
misr
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/11/46165984_51:0:864:610_1920x0_80_0_0_7e08727f9bdabcfbf64e9c95348957c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, misr, kitob, otm, talabalar, elchixona
jamiyat, o‘zbekiston, misr, kitob, otm, talabalar, elchixona
Misr o‘zbekistonlik talabalar uchun noyob adabiyot va darsliklar yubordi — ular nima haqida?
12:19 17.10.2024 (yangilandi: 19:52 17.10.2024) Adabiyot va darsliklar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, uning huzuridagi Diplomatik akademiya va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga beriladi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Misr O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun 500 tadan ziyod noyob adabiyot va darsliklarni taqdim qildi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. Kitob va darsliklar Misr Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik tadqiqotlar instituti, Arab davlatlari ligasi va "Al-Azhar" diniy majmuasi kutubxonasi fondidan O‘zbekiston elchixonasiga topshirildi.
“Diplomatik tadqiqotlar instituti tomonidan ingliz va arab tillarida taqdim etilgan kitoblar zamonaviy diplomatiya, siyosat, iqtisod, falsafa, Yaqin Sharqdagi jarayonlar, mintaqadagi davlatlar tarixi va ko‘p yillik muammolarni hal qilish istiqbollari kabi mavzularni qamrab olgan”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, musulmon olamidagi eng qadimiy va eng nufuzli oliygohlardan hisoblangan "Al-Azhar ash-Sharif" diniy majmuasi esa "Al-Azhar" universitetida talabalarga o‘qitiladigan qimmatli adabiyotlar, muqaddas Islom dini va ma’naviyatga chorlovchi qo‘llanmalarni taqdim etdi.
“Ushbu kitoblar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, uning huzuridagi Diplomatik akademiya va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga taqdim etish rejalashtirilgan”, — deya qayd etilgan xabarda.
Aytilishicha, mazkur qadam O‘zbekiston va Misr oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikning kichik bir misoli. Chunki so‘nggi yillarda talabalar va o‘qituvchi almashish, o‘zaro malaka oshirish bo‘yicha ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda.