https://oz.sputniknews.uz/20241016/uzbekistan-parlament-saylov-demokratiya-botirjon-asadov-46136577.html
O‘zbekistonda parlament saylovlari demokratiya yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi – Botirjon Asadov
O‘zbekistonda parlament saylovlari demokratiya yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi – Botirjon Asadov
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanishga chaqirdi. 16.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-16T08:40+0500
2024-10-16T08:40+0500
2024-10-16T08:40+0500
o‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
saylov uchastkasi
saylovlar
elchi
botirjon asadov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/09/36702241_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_9a326f9edbe4e7b4a25586b34d7d5387.jpg
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekistonda parlament saylovlari demokratiya yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi. Bu haqda mamlakatning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Botirjon Asadov MDH Ijroiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan saylovlar mavzusiga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi. Botirjon Asadov o‘z so‘zida respublikada bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari demokratiyani mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari uchun tashkil etiladi. Ular respublika fuqarolari yashaydigan yoki ishlayotgan joylarda amalga oshiriladi. Shunday qilib, 27-oktabr kuni Vladivostok, Qozon, Novosibirsk, Rostov, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg va Moskvadagi bosh konsulliklarda saylov jarayonlari tashkil etiladi. Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonning 39 ta chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuzilgan. Ularning soni Rossiyada 7 ta.
https://oz.sputniknews.uz/20241012/ozbekiston-umaxanov-46091405.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/09/36702241_501:250:2500:1749_1920x0_80_0_0_0b4e00c73cbc592c3957bd7fffda079d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, rossiya, saylov uchastkasi , saylovlar, elchi, botirjon asadov
siyosat, o‘zbekiston, rossiya, saylov uchastkasi , saylovlar, elchi, botirjon asadov
O‘zbekistonda parlament saylovlari demokratiya yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi – Botirjon Asadov
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanishga chaqirdi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekistonda parlament saylovlari demokratiya yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi. Bu haqda mamlakatning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Botirjon Asadov MDH Ijroiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan saylovlar mavzusiga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi.
Botirjon Asadov o‘z so‘zida respublikada bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari demokratiyani mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildirdi.
“Ushbu saylovlar O‘zbekistonda demokratik jarayonlarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, fuqarolarimizga o‘z xohish-istaklarini bildirish, o‘z manfaatlarini davlat darajasida himoya qiladigan o‘z vakillari – deputatlarni saylash imkonini berishiga ishonch bildirmoqchiman”, — dedi elchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari uchun tashkil etiladi. Ular respublika fuqarolari yashaydigan yoki ishlayotgan joylarda amalga oshiriladi.
“Biz fuqarolarimizni shu kuni kelib, o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanishga chaqirmoqchimiz”, — dedi elchi.
Shunday qilib, 27-oktabr kuni Vladivostok, Qozon, Novosibirsk, Rostov, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg va Moskvadagi bosh konsulliklarda saylov jarayonlari tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar
bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonning 39 ta chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuzilgan. Ularning soni Rossiyada 7 ta.