O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston demokratik islohotlar yo‘lidan qat’iyat bilan bormoqda — Umaxanov

© SputnikV posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram
V posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2024
Obuna bo‘lish
Federatsiya Kengashi vakili O‘zbekiston rahbariyati jamiyatda ayollar rolini bosqichma-bosqich oshirib borayotganiga alohida e’tibor qaratdi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston demokratik islohotlar yo‘lidan qat’iyat bilan bormoqda, dedi Rossiya Federatsiya Kengashining Fan, ta’lim va madaniyat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov 11-oktabr kuni Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlariga bag‘ishlangan brifingda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
© SputnikV posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram
V posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2024
V posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram
“O‘zbekiston o‘z xalqining tarixiy va madaniy an’analariga tayangan holda demokratik islohotlar yo‘lidan qat’iyat bilan bormoqda. Va mamlakatning siyosiy va ijtimoiy hayotida fuqarolarning keng ko‘lamli va to‘laqonli ishtirokini ta’minlamoqda”, - dedi Umaxanov.
Shuningdek, Federatsiya Kengashi vakili O‘zbekiston rahbariyati jamiyatda ayollar rolini bosqichma-bosqich oshirib borayotganiga alohida e’tibor qaratdi.
© SputnikV posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram
V posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2024
V posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram
“Qonunchilikda belgilangan, parlamentda ayollar ulushini 40% ga yetkazish – bu juda yuqori marra”, - dedi senator.
Brifingda so‘zga chiqqan Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Nikolay Bulayev MSKning 48 ta hududiy bo‘limlari O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari tomonidan tashkil etilayotgan saylov jarayonlarini muvaffaqiyatli tashkil qilish uchun barcha kerakli yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.
© SputnikV posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram
V posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2024
V posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram
Shuningdek, Bulayev, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarini kuzatish uchun Rossiya saylov komissiyasidan 16 kishidan iborat salmoqli delegatsiya tashrif buyurishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, xorijiy mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlarida ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun fuqarolar https://saylov.mfa.uz/ saytida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
27 oktabrda ovoz berish uchun O‘zbekistonning 39 ta xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari, jumladan Rossiya hududida 7 ta saylov uchastkasi tashkil etiladi.

Undan tashqari, ko‘p sonli O‘zbekiston fuqarolari guruhli yashayotgan va ishlayotgan manzillarda 16-23 oktabr kunlari muddatidan oldin sayyor saylovlar tashkil etiladi.
MDH PA kuzatuvchilari O‘zbekistonda parlament saylovlariga tayyorgarlik jarayonini kuzatishni boshladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2024
O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
Parlament saylovlari: MDH kuzatuvchilari Toshkent viloyati saylov komissiyasini borib ko‘rishdi
Yangiliklar lentasi
0