O‘zbekiston Xitoy bilan gaz konlaridagi zaxiralarni o‘zlashtirishda hamkorlik qilmoqda

© UzbekneftegazV selyax stabilnoy dobichi prirodnogo gaza budut postroyeni novie mini kompressornie bloki
V selyax stabilnoy dobichi prirodnogo gaza budut postroyeni novie mini kompressornie bloki   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2024
Obuna bo‘lish
“O‘zbekneftgaz” delegatsiyasi Xitoyning Yantay shahrida o‘tkazilgan “Global sanoat energiyasi” sammitida ishtirok etdi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Xitoydan tabiiy gaz qazib chiqarishni barqarorlashtirish uchun yangi kompressor bloklari olib kelinadi, deya xabar berdi “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati.
“O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi gaz konlarida qazib chiqarish barqarorligini ta’minlash va mavjud zaxiralarni maksimal o‘zlashtirish maqsadida kichik kompressor stansiyalarini qurish loyihalari amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” delegatsiyasi Xitoyning Yantay shahrida o‘tkazilgan “Global sanoat energiyasi” sammitida ishtirok etib, “Jereh Group” kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.
“Loyihaning birinchi bosqichida Xitoyning “Jereh Group” kompaniyasi tomonidan 15 ta kompressor bloki tayyorlanib, yetkazib berildi va ishga tushirildi. Ikkinchi bosqichda yana 64 ta kompressor bloki tayyorlanib, yetkazib berish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
© UzbekneftegazV selyax stabilnoy dobichi prirodnogo gaza budut postroyeni novie mini kompressornie bloki
V selyax stabilnoy dobichi prirodnogo gaza budut postroyeni novie mini kompressornie bloki   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2024
V selyax stabilnoy dobichi prirodnogo gaza budut postroyeni novie mini kompressornie bloki
Delegatsiya a’zolari “Jereh Group”ning kompressor qurilmalarini ishlab chiqarish yangi zavodining ochilish marosimida ham ishtirok etib, kompressor stansiyalarini O‘zbekistonga yetkazib berish masalalarini muhokama qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0