Toshkent viloyatida 3,4 milliard dollarga teng loyihalar amalga oshiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s razvitiyem Tashkentskoy oblasti, jiznyu naseleniya i novimi proyektami regiona.
Prezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s razvitiyem Tashkentskoy oblasti, jiznyu naseleniya i novimi proyektami regiona.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2024
Obuna bo‘lish
Yangiyo‘l tumanida Toshkent viloyatidagi muhim loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga tashrifi davomida umumiy qiymati 3,4 milliard dollar bo‘lgan 11 loyiha taqdimot qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, loyihalarga Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlar kompaniyalari va mahalliy tadbirkorlar investitsiya kiritmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s razvitiyem Tashkentskoy oblasti, jiznyu naseleniya i novimi proyektami regiona.
Prezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s razvitiyem Tashkentskoy oblasti, jiznyu naseleniya i novimi proyektami regiona.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s razvitiyem Tashkentskoy oblasti, jiznyu naseleniya i novimi proyektami regiona.
To‘qimachilik, oziq-ovqat, tibbiyot, elektrotexnika, energetika, qurilish materiallari, geologiya, xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlardagi bu loyihalarda 23 mingta ish o‘rni yaratiladi.

“Xitoy investorlari bilan hamkorlikda Olmaliq shahrida “Buyuk ipak yo‘li” industrial texnoparki tashkil etiladi. U yerda elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika kabi yo‘nalishlarda 100 taga yaqin korxona joylashtiriladi. 3 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga 5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi”, — deyiladi xabarda.

Zangiota tumanida esa Janubiy Koreya investorlari bilan birgalikda jigar, bo‘g‘im, ko‘z va miya faoliyatini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari ishlab chiqarish tashkil etiladi. U yerda 200 kishining bandligi ta’minlanadi.
Aytilishicha, keyingi yetti yilda hududda qariyb 9,4 milliard dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 143 mingdan ortiq ish o‘rni va 5 milliard dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan.
Bu sur’atni davom ettirib, 2024-2026 yillar uchun jami 26 milliard dollarlik 125 ta loyiha rejalashtirilgan. Ularning 21 tasi strategik, 52 tasi tarmoq, 52 tasi hudud loyihalaridir. Bu tashabbuslar natijasida 42 mingta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.
Yangiyo‘l tumanida Toshkent viloyatidagi muhim loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s razvitiyem Tashkentskoy oblasti, jiznyu naseleniya i novimi proyektami regiona.
Prezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s razvitiyem Tashkentskoy oblasti, jiznyu naseleniya i novimi proyektami regiona.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s razvitiyem Tashkentskoy oblasti, jiznyu naseleniya i novimi proyektami regiona.
Shuningdek, 2028-yilgacha viloyatda umumiy quvvati qariyb 2 ming 400 megavatt bo‘lgan, 4 milliard 800 million dollarlik 23 ta loyiha amalga oshiriladi.
“Marosimda shundan ikkitasi – Ohangaron tumanida barpo etilgan 2,5 megavattli kichik GES hamda Bo‘stonliq tumanida qurilgan 1,5 megavattli Ugam kichik GESi ishga tushirilmoqda. Mazkur quvvatlar yiliga 18 million 400 ming kilovatt soat “yashil” energiya ishlab chiqaradi va 7 ming 600 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi”, — deya qayd etilgan xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s razvitiyem Tashkentskoy oblasti, jiznyu naseleniya i novimi proyektami regiona.
Prezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s razvitiyem Tashkentskoy oblasti, jiznyu naseleniya i novimi proyektami regiona.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s razvitiyem Tashkentskoy oblasti, jiznyu naseleniya i novimi proyektami regiona.
Ramziy tugma bosilib, mazkur 9 ta loyihaning qurilishi va faoliyatiga start berildi. Ularning umumiy qiymati 2 milliard dollardir.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2024
Xizmat ko‘rsatish, eksport va yangi ish o‘rinlari: Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga bordi
Yangiliklar lentasi
0