"O‘zbekkosmos" 2024-2025 yillarda MDH Davlatlararo kosmik kengashiga raislik qiladi

© Depositphotos / weissdergeierTashkent. Arxivnoe foto
Tashkent. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentda “O‘zbekkosmos” tashabbusi bilan MDH Davlatlararo kosmik kengashining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekiston 2024-2025 yillarda MDH Davlatlararo kosmik kengashiga raislik qiladi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan kengash yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkentda Kosmik tadqiqotlar va texonolagiyalar agentligi “O‘zbekkosmos” tashabbusi bilan MDH Davlatlararo kosmik kengashining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Rossiyaning “Roskosmos” Davlat korporatsiyasi vakillari, Belarus va Tojikistonning milliy fanlar akademiyasi Aerokosmik faoliyati ekspertlari, Qozog‘istonning Aerokosmik qo‘mitasi rahbariyati va Armanistonning kosmik sohadagi mutaxassislari ishtirok etishdi.
© Agentstvo “Uzbekkosmos”Patoe zasedanie Mejgosudarstvennogo kosmicheskogo soveta SNG
Patoe zasedanie Mejgosudarstvennogo kosmicheskogo soveta SNG  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2024
Patoe zasedanie Mejgosudarstvennogo kosmicheskogo soveta SNG
Tadbirda qayd etilishicha, kengashga raislik alifbo tartibida har bir MDH davlati tomonidan navbatma-navbat amalga oshiriladi. 2023-2024 yillarda Tojikiston hamdo‘stlikning ushbu tuzilmasi raisi bo‘lgan.
Shundan kelib chiqqan holda, yig‘ilishda bir ovozdan qabul qilingan qaror bilan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori, Davlatlararo kosmik kengash a’zosi Shuhrat Qodirov 2024-2025 yillarga Davlatlararo kosmik kengashi raisi etib saylandi.
© SputnikPatoe zasedanie Mejgosudarstvennogo kosmicheskogo soveta SNG
Patoe zasedanie Mejgosudarstvennogo kosmicheskogo soveta SNG  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2024
Patoe zasedanie Mejgosudarstvennogo kosmicheskogo soveta SNG

“Kosmik ta’lim sohasidagi hamkorligimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va yosh mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish tashabbusi bilan chiqishni taklif qilmoqchi edim”, – dedi Qodirov.

“O‘zbekkosmos” rahbari kengash oldiga yaqin yillarda kosmik faoliyatni rivojlantirish, BMT doirasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va kosmik texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha ulkan vazifalar turganini ta’kidladi.
© Agentstvo “Uzbekkosmos”Patoe zasedanie Mejgosudarstvennogo kosmicheskogo soveta SNG
Patoe zasedanie Mejgosudarstvennogo kosmicheskogo soveta SNG  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2024
Patoe zasedanie Mejgosudarstvennogo kosmicheskogo soveta SNG
Belarus Milliy fanlar akademiyasi Aerokosmik faoliyat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ivan Buchaning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy dunyodagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat, yangi chaqiriqlar va xavfsizlikka tahdidlar MDHga a’zo davlatlarning integratsiya salohiyatini alohida mustahkamlash va maksimal darajada foydalanishni taqozo etadi.

“Import o‘rnini bosish masalasi, jumladan, kosmik sanoatda ham har qachongidan ham dolzarb. Shu munosabat bilan har bir MDH davlatining koinot sohasidagi vakolatlarini hisobga olgan holda MDH doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda”, — deya qayd etdi Ivan Bucha.

Uning fikricha, Davlatlararo kengash tomonidan kosmik fazoni tadqiq etish va undan foydalanishning dolzarb masalalari to‘g‘risidagi bayonotni qabul qilish, fuqarolik deb e’lon qilingan kosmik tizimlardan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olish bo‘yicha o‘zimizning yaxlit pozitsiyamizni namoyish etishga imkon beradi.
© Agentstvo “Uzbekkosmos”Patoe zasedanie Mejgosudarstvennogo kosmicheskogo soveta SNG
Patoe zasedanie Mejgosudarstvennogo kosmicheskogo soveta SNG  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2024
Patoe zasedanie Mejgosudarstvennogo kosmicheskogo soveta SNG
Kun tartibida ko‘rib chiqilgan masalalar:
MDHning 2030-yilgacha bo‘lgan iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
kosmik mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etish, ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlararo hamkorlik dasturlarini bajarish;
iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi dolzarb muammolarni hal qilish uchun yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha axborot almashish, shuningdek, bu yo‘nalishda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.
Shuningdek, spikerlar MDH davlatlarining kosmik yo‘nalishdagi faolligini yanada oshirish, birgalikda izlanish va tadqiqotlar olib borish, “Raqamli yer” dasturi asosida xizmatlarni ishlab chiqish, 2030-yilgacha kosmik mahsulotlar va xizmatlardan foydalanish bo‘yicha Davlatlararo dasturni ishlab chiqish haqidagi taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.
Qolaversa, yerni masofadan turib zondlash borasidagi faoliyatni standartlashtirish, MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida “Glonass” tizimi signallaridan foydalangan holda yer usti infratuzilmalarini integratsiyalash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish kabi loyihalar bo‘yicha taqdimotlari ham taqdim etildi.
Ma’lumot uchun, MDH Davlatlararo kosmik kengashi fazoni tadqiq qilish va undan foydalanish bo‘yicha davlatlararo dasturlarni shakllantirish hamda amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Bugungi kunda kengashga Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston a’zodir.
Vid zemli iz kosmosa nochyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
O‘zbekiston kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha xalqaro hujjatga qo‘shilmoqda
Yangiliklar lentasi
0