https://oz.sputniknews.uz/20241014/uzbekistan-kochmas-mulk-bozor-46117895.html
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik biroz pasaydi
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik biroz pasaydi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozori o‘rtacha narxlarida pasayishi kuzatilmoqda. Poytaxt ijara narxlarida barqaror tendensiya kuzatilmoqda. 14.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-14T18:12+0500
2024-10-14T18:12+0500
2024-10-14T18:12+0500
iqtisod
o‘zbekiston
ko‘chmas mulk
ijara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/10/45687862_0:102:2000:1227_1920x0_80_0_0_d68e4c91e4696b6f8cddbf3bc51c76e8.jpg
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida pasayish tendetsiyasi kuzatildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahliliga ko‘ra, sentabr oyida ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni avgust oyiga nisbatan 4,2% ga kamayib, 21,2 mingtani tashkil etgan.Qayd etilishicha, sentabr oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik biroz pasaygan. Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozori o‘rtacha narxlarida pasayishi kuzatilmoqda. Poytaxt ijara narxlarida barqaror tendensiya kuzatilmoqda.Demak, yillik hisobda ko‘chmas mulk bozorida faollik sezilarli pasayib, o‘tgan yilning sentabr oyiga solishtirganda uy-joy savdosi bilan bog‘liq shartnomalar soni 9 foizga kamaygan.2024 yilning uchinchi choragida yil davomida uy-joy savdosi 13 foizga kamayib, 66,5 mingtani tashkil etdi.Sentabr oyida respublika bo‘yicha ikkilamchi bozor uy-joy narxlari deyarli o‘zgarmadi (0,1 foizga o‘sish). Yil davomida ikkilamchi bozorda 1 kv.m. uchun o‘rtacha uy-joy narxi 6,7 foizga oshdi.Hududlar kesimida ikkilamchi bozor uy-joy narxlari sezilarli darajada Xorazm (19,5%), Buxoro (12,5%) va Samarqand (10%) viloyatlarida ko‘tarilgan. Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlar 1 foizga pasaydi.Eng katta pasayish Mirzo-Ulug‘bek - 2,5% va Yunusobod - 2,4% tumanlarida kuzatildi. Poytaxtning yana ikkita tumanida narxlar oshdi - Yakkasaroyda - 1,1% va Shayxontohurda - 0,3%.Yillik hisobda Toshkentda ikkilamchi uy-joylar narxining o‘rtacha o‘sishi 1,8% ni tashkil etdi.Sentabr oyida Toshkentda uy-joy ijara narxlarining barqarorlashuvi davom etdi. Ijara o‘rtacha narxi o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarmagan – 1 kv. m. uchun 8,3 dollar. Joriy yilning avgust-sentabr oylarida ijara narxlarida o‘rtacha o‘sish qayd etilishi bozordagi vaziyatning barqarorlashuvidan dalolat beradi.Poytaxtning 14 ta markaziy tumanlaridan uchtasida uy-joy ijarasi narxi pasaydi. Ijara narxi Olmazorda - 14,6%, Uchtepada - 7,4%, Bektemir tumanida - 3,8 foizga pasaygan. Shuningdek, narxlarning eng katta o‘sishi Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida qayd etilib, tumanlarda ijara narxi o‘rtacha 7 foizga oshdi.Toshkent shahri tumanlari kesimida ijara narxidagi farqlar keskin o‘zgarmagan. Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqori bo‘lib, ijara narxi 10 dollar atrofida.Bektemir va Sergeli tumanlarida ijara narxlari nisbatan arzon shakllanib, kv.m. uchun o‘rtacha 6 dollarni tashkil etdi.O‘tgan yilning sentabr oyida Toshkent shahrida ijara narxlari bugungi kunga nisbatan, o‘rtacha 8,4 foizga yuqori. Bu esa bozorning ushbu segmentida umumiy pasayish tendensiyasi saqlanib qolinayotganini ko‘rsatadi.Shu bilan birga yil davomida ijara narxining sezilarli pasayishi Yashnabod (16,2%), Olmazor (12,2%) va Yakkasaroy (11%) tumanlarida kuzatildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/10/45687862_114:0:1887:1330_1920x0_80_0_0_d52154abde8eb8301fd75be9c1503634.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, ko‘chmas mulk, ijara
iqtisod, o‘zbekiston, ko‘chmas mulk, ijara
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik biroz pasaydi
Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozori o‘rtacha narxlarida pasayishi kuzatilmoqda. Poytaxt ijara narxlarida barqaror tendensiya kuzatilmoqda.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida pasayish tendetsiyasi kuzatildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining
tahliliga ko‘ra, sentabr oyida ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni avgust oyiga nisbatan 4,2% ga kamayib, 21,2 mingtani tashkil etgan.
Qayd etilishicha, sentabr oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik biroz pasaygan. Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozori o‘rtacha narxlarida pasayishi kuzatilmoqda. Poytaxt ijara narxlarida barqaror tendensiya kuzatilmoqda.
Demak, yillik hisobda ko‘chmas mulk bozorida faollik sezilarli pasayib, o‘tgan yilning sentabr oyiga solishtirganda uy-joy savdosi bilan bog‘liq shartnomalar soni 9 foizga kamaygan.
2024 yilning uchinchi choragida yil davomida uy-joy savdosi 13 foizga kamayib, 66,5 mingtani tashkil etdi.
“Sentabr oyida hududlar kesimida ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk bitimlari sonida eng katta pasayish Jizzax, Toshkent va Samarqand viloyatlarida mos ravishda 20%, 14% va 13% ga qayd etildi. Uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik Toshkent (25,7%), Buxoro (24,3%) va Namangan viloyatlarida (18,7%) nisbatan sezilarli darajada pasaygan”, — deyiladi xabarda.
Sentabr oyida respublika bo‘yicha ikkilamchi bozor uy-joy narxlari deyarli o‘zgarmadi (0,1 foizga o‘sish). Yil davomida ikkilamchi bozorda 1 kv.m. uchun o‘rtacha uy-joy narxi 6,7 foizga oshdi.
Hududlar kesimida ikkilamchi bozor uy-joy narxlari sezilarli darajada Xorazm (19,5%), Buxoro (12,5%) va Samarqand (10%) viloyatlarida ko‘tarilgan. Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlar 1 foizga pasaydi.
Eng katta pasayish Mirzo-Ulug‘bek - 2,5% va Yunusobod - 2,4% tumanlarida kuzatildi. Poytaxtning yana ikkita tumanida narxlar oshdi - Yakkasaroyda - 1,1% va Shayxontohurda - 0,3%.
Yillik hisobda Toshkentda ikkilamchi uy-joylar narxining o‘rtacha o‘sishi 1,8% ni tashkil etdi.
Sentabr oyida Toshkentda uy-joy ijara narxlarining barqarorlashuvi davom etdi. Ijara o‘rtacha narxi o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarmagan – 1 kv. m. uchun 8,3 dollar. Joriy yilning avgust-sentabr oylarida ijara narxlarida o‘rtacha o‘sish qayd etilishi bozordagi vaziyatning barqarorlashuvidan dalolat beradi.
Poytaxtning 14 ta markaziy tumanlaridan uchtasida uy-joy ijarasi narxi pasaydi. Ijara narxi Olmazorda - 14,6%, Uchtepada - 7,4%, Bektemir tumanida - 3,8 foizga pasaygan. Shuningdek, narxlarning eng katta o‘sishi Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida qayd etilib, tumanlarda ijara narxi o‘rtacha 7 foizga oshdi.
Toshkent shahri tumanlari kesimida ijara narxidagi farqlar keskin o‘zgarmagan. Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqori bo‘lib, ijara narxi 10 dollar atrofida.
Bektemir va Sergeli tumanlarida ijara narxlari nisbatan arzon shakllanib, kv.m. uchun o‘rtacha 6 dollarni tashkil etdi.
O‘tgan yilning sentabr oyida Toshkent shahrida ijara narxlari bugungi kunga nisbatan, o‘rtacha 8,4 foizga yuqori. Bu esa bozorning ushbu segmentida umumiy pasayish tendensiyasi saqlanib qolinayotganini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga yil davomida ijara narxining sezilarli pasayishi Yashnabod (16,2%), Olmazor (12,2%) va Yakkasaroy (11%) tumanlarida kuzatildi.