https://oz.sputniknews.uz/20241012/saylov-elektron-ovoz-berish-46096887.html
Saylovda elektron ovoz berish tartibi sinab ko‘riladi — MSK
Saylovda elektron ovoz berish tartibi sinab ko‘riladi — MSK
Sputnik O‘zbekiston
Bugun, 12-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tajriba-sinov tariqasida ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini onlayn tarzda video-translyatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, saylov kampaniyasi davomida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, Andijon va Xorazm viloyatlarida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
2024-10-12T15:54+0500
2024-10-12T15:54+0500
2024-10-12T15:54+0500
o‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
o‘zbekiston
saylovlar
markaziy saylov komissiyasi
ovoz berish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0c/46096304_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_6cdd9cb51aa84f018e75a81a59739a3c.jpg
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga 27-oktabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda elektron ovoz berish tartibi sinab ko‘riladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Bugun, 12-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tajriba-sinov tariqasida ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini onlayn tarzda video-translyatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, saylov kampaniyasi davomida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, Andijon va Xorazm viloyatlarida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.Elektron ovoz berish tartibi ovoz berish va saylov natijalarini tezkor aniqlash, ovoz berish jarayonlarining qonuniyligini ta’minlash, saylov komissiyalarining ish hajmini maqbullashtirishga xizmat qiladi.Shunga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasining Toshkent shahar hududida joylashgan ayrim saylov uchastkalarida saylov kuni elektron ovoz berish tartibini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq, elektron ovoz berish tartibi sinab ko‘riladigan saylov uchastkalarida saylovchilar ovoz berishning an’anaviy yoki elektron shaklini mustaqil tanlash huquqiga egaligi belgilandi. Bundan tashqari, elektron ovoz berish qurilmalari orqali bulletenni to‘ldirish tartibi ham komissiya qarori bilan tasdiqlandi.Majlisda xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlarning kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining qarori qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda, kun tartibiga oid boshqa masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20241012/ozbekiston-umaxanov-46091405.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0c/46096304_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_2c9bfdefb3ae4cdbd47acdca3c086e5a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saylov elektron ovoz berish msk
saylov elektron ovoz berish msk
Saylovda elektron ovoz berish tartibi sinab ko‘riladi — MSK
Toshkent shahar hududida joylashgan ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berish tartibini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga 27-oktabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda elektron ovoz berish tartibi sinab ko‘riladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati
xabar berdi. Bugun, 12-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tajriba-sinov tariqasida ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini onlayn tarzda video-translyatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, saylov kampaniyasi davomida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, Andijon va Xorazm viloyatlarida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Majlis davomida O‘zbekiston tarixida ilk marotaba ayrim saylov uchastkalarida saylov kuni elektron ovoz berish tartibini sinovdan o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi. Joriy yilgi saylovlarda sinab ko‘rilishi rejalashtirilgan elektron ovoz berish qurilmalaridan 37 ta xorijiy davlatlarda foydalanilgan bo‘lib, ular orqali shu kunga qadar 6,5 mlrddan ortiq saylovchilar ovoz berishgan.
Elektron ovoz berish tartibi ovoz berish va saylov natijalarini tezkor aniqlash, ovoz berish jarayonlarining qonuniyligini ta’minlash, saylov komissiyalarining ish hajmini maqbullashtirishga xizmat qiladi.
Shunga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasining Toshkent shahar hududida joylashgan ayrim saylov uchastkalarida saylov kuni elektron ovoz berish tartibini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, elektron ovoz berish tartibi sinab ko‘riladigan saylov uchastkalarida saylovchilar ovoz berishning an’anaviy yoki elektron shaklini mustaqil tanlash huquqiga egaligi belgilandi. Bundan tashqari, elektron ovoz berish qurilmalari orqali bulletenni to‘ldirish tartibi ham komissiya qarori bilan tasdiqlandi.
Shuningdek, majlisda saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlarini internet tarmog‘i orqali onlayn translyatsiya qilishni bu yilgi saylovlarda ham qo‘llash masalasi ko‘rib chiqildi. Onlayn translyatsiya qilish bo‘yicha tegishli texnik talablarga muvofiq bo‘lgan saylov uchastkalarida saylov jarayonini video-translyatsiya qilish bo‘yicha aniq choralar belgilab berildi va tegishli qaror qabul qilindi.
Majlisda xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlarning kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining qarori qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda, kun tartibiga oid boshqa masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.