Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana vstretilsya s Natsionalnim liderom turkmenskogo naroda Gurbanguli Berdimuxamedovim
Prezident Uzbekistana vstretilsya s Natsionalnim liderom turkmenskogo naroda Gurbanguli Berdimuxamedovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisiga Maxtumqulining o‘zbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari to‘plamini sovg‘a qildi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga tashrifi doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbatda O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, ko‘p qirrali hamkorlikni, ayniqsa siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash jadal o‘sayotgani, birgalikda chegaraoldi savdo hududi barpo etilayotgani, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlik kuchayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston rahbari Turkman xalqining milliy yetakchisiga Maxtumqulining o‘zbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari to‘plamini sovg‘a qildi.
Shavkat Mirziyoyev vistupil na konferensii v Ashgabate - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2024
Maxtumqulining ijodiy me’rosi O‘zbekistonda yuksak qadrlanadi — Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0