Maxtumqulining ijodiy me’rosi O‘zbekistonda yuksak qadrlanadi — Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupil na konferensii v Ashgabate
Shavkat Mirziyoyev vistupil na konferensii v Ashgabate - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2024
Obuna bo‘lish
Maxtumquli tavalludining 300-yilliga O‘zbekistonda ham keng nishonlandi: anjuman, seminar, adabiy kecha va tanlovlar o‘tkazildi, spektakllar qo‘yildi va shoir haqida hamkorlikda badiiy film suratga olindi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev bugun Ashxobodda bo‘lib o‘tgan buyuk turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300-yilligiga bag‘ishlangan "Zamon va sivilizatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi - tinchlik va taraqqiyot asosi" mavzusidagi xalqaro forumda nutq so‘zladi.

"O‘zbekistonda Maxtumquli ijodi yuksak qadrlanadi. Shoir Xiva shahridagi Sherg‘ozixon madrasasida tahsil olib, dunyoviy va diniy ilmlarni o‘rgangan. U buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyni chuqur hurmat qilgan", - dedi O‘zbekiston prezidenti.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda O‘zbekistonda ham Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300-yilligi keng nishonlanayotgani ham aytib o‘tdi. Anjuman, seminar, adabiy kecha, tanlov, spektakllar va boshqa tadbirlar o‘tkazilmoqda. O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan shoir haqida hamkorlikda badiiy film suratga olindi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirib, Maxtumquli tavalludining 300-yilligi medali bilan mukofotlanishini ma’lum qildi.
Tadbir nihoyasida forumning yakuniy hujjati qabul qilindi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v Mejdunarodnom forume Vzaimosvaz vremen i sivilizatsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2024
Turkmanistonda Maxtumquliga bag‘ishlangan yuqori darajali anjuman boshlandi
Yangiliklar lentasi
0