https://oz.sputniknews.uz/20241007/uzbekistan-yirik-aes-energetika-vazir-46013382.html
O‘zbekistonda yirik AES quriladi — Energetika vaziri
O‘zbekistonda yirik AES quriladi — Energetika vaziri
Sputnik O‘zbekiston
Jo‘rabek Mirzamahmudov: O‘zbekistonda kelajakda yirik AES quriladi, lekin kichik “Rosatom” stansiyasidan boshlanadi.
2024-10-07T14:12+0500
2024-10-07T14:12+0500
2024-10-07T14:51+0500
iqtisod
rossiya
o‘zbekiston
energetika vazirligi
aes
jo‘rabek mirzamahmudov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1188/43/11884305_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_4cb7066feee3aba3964972e42567295b.jpg
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekistonda kelajakda yirik atom elektr stansiyasi (AES) quriladi, sohada mutaxassislar tayyorlash uchun birinchi navbatda “Rosatom” ishtirokida kam quvvatli AES quriladi. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Lolazor” videopodkastida ma’lum qildi. Vazirning aytishicha, mamlakatda atom sanoatini rivojlantirishni kichik quvvatlardan boshlash kerak. Kam quvvatli AESlar qanday afzalliklarga ega - mutaxassis javobiMa’lumot uchun, 2018-yil sentabr oyi boshida Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari respublika hududida atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi. “Rosatom” davlat korporatsiyasi VVER-1200 reaktor bloklari bilan ikki avlod “3+” energobloklardan iborat kompleks qurishni rejalashtirmoqda. Stansiya qurilishi uchun Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinida ustuvor joy tanlandi. May oyi oxirida Toshkentda atom energetikasi tarixida kam quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha birinchi eksport shartnomasi imzolandi. Nima uchun O‘zbekiston kichik AES foydasiga tanlov qilmoqda?Loyiha O‘zbekistonning Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha quvvati 330 MVt (har biri 55 MVt quvvatga ega oltita RITM-200N reaktori) bo‘lgan AESni qurishni nazarda tutadi. Stansiya qurilishida “Rosatom” bosh pudratchi sifatida ishlaydi, mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etadi. Ma’lum qilinishicha, tanlangan hudud allaqachon ekspertizadan o‘tkazilgan va uning xavfsizligi tasdiqlangan.Jizzaxda bo‘lajak AES infratuzilmasini yaratish kuzda boshlanadi
https://oz.sputniknews.uz/20240910/uzbekistan-kam-quvvat-aes-45578985.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1188/43/11884305_224:0:2955:2048_1920x0_80_0_0_9aa4f1b3c46b7affafad4862bbab652e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jo‘rabek mirzamahmudov o‘zbekistonda yirik aes quriladi “rosatom” stansiyasi
jo‘rabek mirzamahmudov o‘zbekistonda yirik aes quriladi “rosatom” stansiyasi
O‘zbekistonda yirik AES quriladi — Energetika vaziri
14:12 07.10.2024 (yangilandi: 14:51 07.10.2024) Jo‘rabek Mirzamahmudov: O‘zbekistonda kelajakda yirik AES quriladi, lekin kichik “Rosatom” stansiyasidan boshlanadi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekistonda kelajakda yirik atom elektr stansiyasi (AES) quriladi, sohada mutaxassislar tayyorlash uchun birinchi navbatda “Rosatom” ishtirokida kam quvvatli AES quriladi. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Lolazor” videopodkastida ma’lum qildi.
“Generatsiya bazasi — bu issiqlik elektr stansiyalari va GESlar, bizning maqsad kelajakda yirik atom elektr stansiyasi qurishdir”, — dedi Mirzamahmudov.
Vazirning aytishicha, mamlakatda atom sanoatini rivojlantirishni kichik quvvatlardan boshlash kerak.
"Nima uchun avvalo kichik reaktordan boshlamoqchimiz? Biz kichik reaktorlar uchun mutaxassislar tayyorlashimiz kerak, lekin baribir bizga katta reaktor kerak bo‘ladi. Biz 2050-yilgacha uglerod neytralligiga erishishga intilamiz va bunga atom elektr stansiyalarisiz erishib bo‘lmaydi. AQSh o‘z dasturini qayta ko‘rib chiqdi. Amerika dunyodagi eng ko‘p reaktorga ega — 99 ta. Yevropa, Koreya, Yaponiya ham o‘z dasturlarini qayta boshladi. Butun dunyo bu yo‘nalishda harakat qilmoqda”, — dedi vazir.
Ma’lumot uchun, 2018-yil sentabr oyi boshida Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari respublika hududida atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi. “Rosatom” davlat korporatsiyasi VVER-1200 reaktor bloklari bilan ikki avlod “3+” energobloklardan iborat kompleks qurishni rejalashtirmoqda.
Stansiya qurilishi uchun Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinida ustuvor joy tanlandi. May oyi oxirida Toshkentda atom energetikasi tarixida kam quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha birinchi eksport shartnomasi imzolandi.
Loyiha O‘zbekistonning Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha quvvati 330 MVt (har biri 55 MVt quvvatga ega oltita RITM-200N reaktori) bo‘lgan AESni qurishni nazarda tutadi. Stansiya qurilishida “Rosatom” bosh pudratchi sifatida ishlaydi, mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etadi. Ma’lum qilinishicha, tanlangan hudud allaqachon ekspertizadan o‘tkazilgan va uning xavfsizligi tasdiqlangan.