O‘zbekistonda quriladigan kam quvvatli AES faol bosqichga o‘tmoqda — tafsilotlar
© Agentstvo "Uzatom" O‘zbekistonda AES loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi
© Agentstvo "Uzatom"
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi ustida ish boshlandi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi, deya xabar berdi “O‘zatom” agentligi.
Hujjatning imzolanishi qurilish maydonchasida loyihani amalga oshirish uchun tayyorlov ishlari, loyihalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish hamda litsenziyalash ishlarini amalga oshirishning faol bosqichga o‘tishini ta’minlaydi.
“O‘zatom” agentligining Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi va “Atomstroeksport” AJ ("ASE" AJ, “Rosatom”ning muhandislik bo‘limi) O‘zbekistonda quriladigan kam quvvatli atom elektr stansiyasi (KQAES) qurilish maydonchasida ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.
© RosatomO‘zbekistonda AES loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi
O‘zbekistonda AES loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi
© Rosatom
Hujjat O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori Azim Axmedxadjayev va “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari – Xalqaro faoliyat bloki direktori Nikolay Spasskiy ishtirokida imzolandi.
“Bugungi imzolangan hujjat O‘zbekistonda birinchi kam quvvatli AES qurilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha faol ishlarni boshlashga qadam tashlaganimiz dalolatidir, bu esa yaqin kelajakda qurilish maydonchasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlarni boshlash imkonini beradi”, — dedi “O‘zatom” agentligi huzuridagi Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi direktori Otabek Amanov.
ASE AJ Markaziy Osiyoda atom elektr stansiyalarini qurish loyihalari direktori Pavel Bezrukovning so‘zlariga ko‘ra, imzolangan bayonnoma tomonlarning normativ va moliyaviy majburiyatlari nuqtayi nazaridan ustuvor shartlarning bajarilishini belgilab beradi.
“Rosatom"ning muhandislik bo‘limi KQAESni joylashtirish uchun litsenziya olish va qurilish maydonchasida qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha faol bosqichga o‘tishni boshlaydi”, — dedi Bezrukov.
AES loyihasi bo‘yicha dastlabki ishlar iyunda boshlangan bo‘lib, unda bo‘lajak atom elektr stansiyasi qad rostlaydigan maydonda birinchi qurilish Shtabi joylashtirilib, rejalashtirilgan muddatda ishlarni boshlash imkonini beradigan ustuvor vazifalar belgilab olingan edi.
Avgust oyida atom elektr stansiyasi quruvchilari uchun vaxta shaharchasini yaratish ishlari boshlandi. Bu atom elektr stansiyasi faoliyat yuritayotgan hududni an’anaviy kompleks rivojlantirish yo‘lidagi birinchi qadamdir. Hududda madaniy-ma’rifiy loyihalar, tibbiyot tashkilotlari paydo bo‘ladi, aholi yashash punktlari odamlarni yashashga, sanoat korxonalari va tijorat tashkilotlarini esa mehnatga jalb qilishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda qurilajak kam quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi Rossiyaning eng so‘nggi ishlanmasi - RITM-200N nomli suv bilan sovutiladigan yadro reaktoriga asoslangan bo‘lib, u kemalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan texnologiyani quruqlikda foydalanishga moslashtirish natijasida kashf etilgan.