Bu hududda tashqi kuchlar aralashuvi vaziyatni faqat yomonlashtiradi — Lavrov Afg‘oniston haqida

© Sputnik / Kristina KormilisinaMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov na VI zasedanii moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov na VI zasedanii moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2024
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda ko‘knori ekiladigan maydonlar o‘tgan yilga nisbatan 95 foizga kamaygan — BMT.
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu hududga tashqi kuchlar aralashuvi vaziyatni faqat yomonlashtiradi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi yig‘ilishidagi so‘zlagan nutqida.

“G‘arbda davom etayotgan muhokamalarni hisobga olib, uchinchi davlatlarning harbiy infratuzilmalarini Afg‘oniston hududiga qaytarish yoki qo‘shni davlatlarda har qanday bahona bilan yangi harbiy obyektlarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmasligini yana bir bor ta’kidlaymiz. Tarix shuni ko‘rsatadiki, tashqi kuchlar aralashuvi mintaqadagi muammolarini yanada kuchaytiradi”, - dedi Lavrov.

Shuningdek, vazir kollektiv G‘arbning surbetlarcha olib borayotgan siyosati Afg‘onistondagi vaziyatni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yganini aytib o‘tdi.

“Vashington va uning ittifoqchilari bir tomondan afg‘onlarni xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlashni e’lon qilib, aslida afg‘on davlatining tiklanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonning milliy aktivlarini noqonuniy ravishda bloklab qo‘ygan va Afg‘oniston bank sektoriga nisbatan qattiq sanksiyalar kiritgan”, - dedi Lavrov.
© Sputnik / Kristina KormilisinaUchastniki VI zasedaniya moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu.
Uchastniki VI zasedaniya moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2024
Uchastniki VI zasedaniya moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu.
Shu bilan birga Rossiya tashqi ishlar vaziri Afg‘onistonda giyohvand moddalarga qarshi kurash samarali olib borilayotganiga e’tibor qaratdi.

“BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Afg‘onistonda ko‘knori ekiladigan maydonlar o‘tgan yilga nisbatan 95 foizga, 2022-yilda 233 ming gektardan 10 ming gektarga qisqargan. Narkotik ishlab chiqarish hajmi qariyb 20 baravar - 6200 tonnadan 333 tonnagacha qisqardi. Bu ham juda ko‘p”, - dedi Lavrov.

Biz Afg‘oniston hukumatining og‘ir iqtisodiy vaziyatda ham terrorchilik tahdidini to‘xtatish bo‘yicha olib borayotgan faol harakatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ayniqsa, Afg‘oniston hududida reydlar uyushtirib turadigan IShID*ga samarali qarshilik ko‘rsatayotgani juda muhimdir. Bu borada Afg‘oniston hukumatiga zarur samarali yordam ko‘rsatish umumiy manfaatlarimizdir, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Shu bilan birga, Afg‘onistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat juda og‘irligicha qolmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 23 milliondan ortiq odam insonparvarlik yordamiga muhtoj, ulardan 12 millioni voyaga yetmaganlardir. Afg‘on xalqiga ko‘rsatilayotgan xalqaro gumanitar yordam hajmini oshirish zarur. Moskva Afg‘onistonga muntazam ravishda oziq-ovqat va zarur tovarlar yetkazib berishni davom etadi.
Rossiya Afg‘onistonning iqtisodiy faolligini ijobiy baholaydi. 2024-yilda afg‘onlar Rossiyada o‘tkazilgan barcha yirik iqtisodiy tadbirlarda (SPXIF, ShIF, “KazanForum”, Energetika haftaligi) kabi nufuzli xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etdi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot
VI zasedanie moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2024
"Tolibon"* delegatsiyasi Moskvaga keldi
Yangiliklar lentasi
0