"Tolibon"* delegatsiyasi Moskvaga keldi

© Sputnik / Kristina Kormilisina / Mediabankka o‘tishVI zasedanie moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu
VI zasedanie moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2024
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishdan manfaatdorr bo‘lgan 10ta davlat vakillari Moskvada to‘planishdi.
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Bugun Rossiya poytaxtida "Tolibon"* vakillari ishtirokida Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi oltinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
Ushbu format Afg‘onistonda tinchlikdan manfaatdor bo‘lgan 10 ta davlatni birlashtiradi. Bular Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston.
Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy boshchiligidagi "Tolibon"* delegatsiyasi Afg‘oniston masalalari bo‘yicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlarda ishtirok yetish uchun Moskvaga yetib keldi.
"Moskva formati"dagi oltinchi uchrashuv ishtirokchilari:
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov,
Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov,
"Tolibon"* tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy
Eronning Afg‘onistondagi maxsus vakili va muvaqqat ishlar vakili Hasan Kazemi Qumi,
Xitoyning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Yue Saoyun,
Pokiston Tashqi ishlar vazirligi G‘arbiy Osiyo va Afg‘oniston bo‘limi boshlig‘i Ahmad Nasim Varraich,
Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Pokiston, Afg‘oniston va Eron bo‘limi boshlig‘i Jitender Pal Singx,
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev,
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining Strategik tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i Sharaf Rahimiy,
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Avazbek Abdurazakov
*terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0