Mirziyoyev ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilab berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident pedagoglar bilan muloqot qildi
Prezident pedagoglar bilan muloqot qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Obuna bo‘lish
Prezident talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyani tashkil etish tashabbusini bildirdi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident pedagoglar bilan muloqot qildi
Prezident provel vstrechu s pedagogami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Prezident pedagoglar bilan muloqot qildi
Muloqot davomida ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha 7 ta yo‘nalishda vazifalar belgilandi.

Birinchi yo‘nalish

Abdulla Avloniy nomidagi institut pedagoglarda kasb mahoratini oshirishga mas’ul bo‘ladi. Institutning 12 ta hududiy markazini zamonaviy qiyofaga keltirish va jihozlash uchun yaqin 3-yilda budjetdan har yili 50 milliard so‘m ajratiladi. Malaka oshirishda vazirlik – malaka oshirish markazi – maktab va bog‘chani bog‘laydigan vertikal tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, joylarda 1 ming 300 ta tayanch maktab va 200 ta bog‘cha tanlab olinib, yosh pedagoglar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tashkil etiladi. Buning uchun yetakchi o‘qituvchilarning ish haqiga 20 foiz ustama qo‘shiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident pedagoglar bilan muloqot qildi
Prezident provel vstrechu s pedagogami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Prezident pedagoglar bilan muloqot qildi

Ikkinchi yo‘nalish

Muallimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini rag‘batlantirish davom ettiriladi. Kelgusi o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yiladi. Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi.
Davlat rahbari “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga sovg‘a sifatida uy-joy berilishini e’lon qildi. Shuningdek, har yili sanatoriy va dam olish maskanlariga yuboriladigan o‘qituvchilar soni 2 barobar oshiriladi.
Bir yil oldin maktab direktorlarini o‘qitish tizimi joriy etilgan edi. Bugungi kunda ulardan 1 ming 206 nafari menejerlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Hozir ana shu direktorlarga o‘rtacha 3 million so‘m ustama berilmoqda. Endi bu amaliyot 2025-yil 1-sentabrdan bog‘cha mudiralariga ham tatbiq etiladi va ularga har oyda 30 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
Bilimdon va jonkuyar o‘qituvchilar xalqning noyob boyligi ekani ta’kidlanib, ular haqida “Ustozga ehtirom” nomli kitob va filmlar yaratish zarurligi aytildi.

Uchinchi yo‘nalish

Aholi o‘sishi tufayli yiliga maktablarda 120 mingta, bog‘chalarda 30 mingta qo‘shimcha o‘ringa talab yuzaga kelmoqda.
Kelgusi yili budjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard so‘m hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bog‘cha rekonstruksiya qilinadi va yangilari quriladi.
Bundan tashqari, Islom taraqqiyot banki va OPEK jamg‘armasining 50 million dollar mablag‘i doirasida kelgusi 4-yilda 200 ta xususiy bog‘cha qurilib, yangi 30 mingta o‘rin yaratiladi.
Yangi yildan boshlab, xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi. Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi budjetdan qoplanadi.
Shuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5-yil muddatgacha budjetdan to‘lab beriladi. Shu bilan birga, tadbirkorlar o‘z hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda solig‘idan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.

To‘rtinchi yo‘nalish

Ta’limda sifat va raqobatni ta’minlash uchun raqamlashtirish darajasi oshiriladi.
O‘tgan 5-yilda 13 ming 500 tadan ortiq kompyuter sinf xonalari 200 mingta zamonaviy kompyuter bilan ta’minlandi. Kelgusi yil yana 2 mingdan kompyuter sinflari yangilanadi, bunga budjetdan 400 milliard so‘m beriladi.
Ana shu kompyuterlarga elektron ta’lim kontentlari yuklanib, bolalar uchun mustaqil ta’lim olish imkoniyati oshadi. O‘quvchilar murrakab konsepsiyalarni oson o‘zlashtirishi uchun aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha virtual laboratoriyalar tashkil etiladi. Yangi o‘quv yilidan boshlab bunday laboratoriyalar har bir viloyatda 10 tadan maktabda qilinadi.
Shuningdek, maktab tizimida o‘qituvchi o‘z imkoniyati va yutuqlarini, yangi ishlanmalarini e’lon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi.
Singapurlik 16 nafar ekspert matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchilarining kasb mahoratini oshiradi. Pedagoglar sun’iy intellektga asoslangan ta’lim platformasida bilimlarini bir yil davomida muntazam sinovdan o‘tkazadi.
Xususiy bog‘chalardagidek, 6 ming 800 ta davlat bog‘chalarida ham davomat, to‘lovlar, oziq-ovqat xarajatlarini shakllantirish to‘liq raqamlashtiriladi. Buning uchun bog‘chalar planshetlar bilan ta’minlanadi.

Beshinchi yo‘nalish

Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar tajribasi ommalashtiriladi.
Bu yo‘nalishda yana 1 mingta umumta’lim muassasasida Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablardagi baholash tizimini joriy etish boshlandi. Hokimliklarga ularni ta’mirlash va zarur darajada jihozlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, oliy ta’lim va malaka oshirish tizimida yagona uzviy zanjirni yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik ta’lim klasterlari tashkil qilinadi. Bu tajriba-sinov tariqasida dastlab Andijon va Buxoro shaharlarida barpo etiladi.

Oltinchi yo‘nalish

Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.
Rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi. Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan o‘quvchiga 170 million so‘m, kumush medalga 102 million so‘m, bronza medal uchun 68 million so‘m mukofot puli beriladi.
Shu bilan birga, ana shu o‘quvchilarning o‘qituvchilari 50 milliondan 150 million so‘mgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoni yaratiladi. Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
“Prezident pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyani tashkil etish tashabbusini bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Yettinchi yo‘nalish

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti yangidan tashkil etildi.
Yoshlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish, ota-onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun tarbiyaga oid raqamli kontentlar yaratish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, bu borada teatr va kino san’atidan foydalanish, yoshlar ijodini qo‘llab-quvvatlash, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, kitobxonlikni yanada kengaytirish vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident pedagoglar bilan muloqot qildi
Prezident provel vstrechu s pedagogami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Prezident pedagoglar bilan muloqot qildi
Muloqotda quyidagilar ma’lum qilindi:
So‘nggi 7-yilda ta’limni rivojlantirishga jami 216 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun budjetdan 19,5 trillion so‘m sarflanib, 6 mingta davlat maktabi va 3,5 mingta bog‘cha rekonstruksiya qilindi hamda yangidan qurildi.
Maktablarda 800 mingta, bog‘chalarda 535 mingta qo‘shimcha o‘rin yaratildi.
Xususiy maktablar soni 27 tadan 500 taga yetdi, nodavlat bog‘chalar 250 tadan 30 mingtaga ko‘paydi.
O‘qituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab to‘lanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirildi. O‘z ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda.
14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Prezident maktablaridagi baholash tizimi hozir 500 ta umumta’lim maktabida qo‘llanmoqda. Baholashni samarali yo‘lga qo‘ygan 66 ta maktab jamoasiga 40 foizgacha ustama to‘lanmoqda.
Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi so‘nggi 7-yilda 4 karra oshdi. Bu yil 310 ming nafar yoshlar talaba bo‘ldi. Ularning qariyb yarmi qizlardir.
Shuningdek, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda prezidentining 27-sentabrdagi farmoniga muvofiq, taqdirlangan bir guruh o‘qituvchilarga faxriy unvon, orden va medallar topshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil Natsionalniy institut pedagogicheskogo masterstva imeni Abdulli Avloni i oznakomilsya s obnovlennimi usloviyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi — foto
Yangiliklar lentasi
0