Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi — foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil Natsionalniy institut pedagogicheskogo masterstva imeni Abdulli Avloni i oznakomilsya s obnovlennimi usloviyami.
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil Natsionalniy institut pedagogicheskogo masterstva imeni Abdulli Avloni i oznakomilsya s obnovlennimi usloviyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Obuna bo‘lish
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bundan 90-yil oldin, 1934-yilda ochilgan.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Endi ta’lim sohasi xodimlari besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshiradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil Natsionalniy institut pedagogicheskogo masterstva imeni Abdulli Avloni i oznakomilsya s obnovlennimi usloviyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi.
Aytilishicha, respublikada maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog hamda mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning uzluksiz tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 2025-yildan boshlab ular besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshiradi.
Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati” hamda “Kasbiy rivojlanish kuni” joriy etiladi.
Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalar uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq qilinadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAbdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institut
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil Natsionalniy institut pedagogicheskogo masterstva imeni Abdulli Avloni i oznakomilsya s obnovlennimi usloviyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institut
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bundan 90-yil oldin, 1934-yilda ochilgan. Shunga bag‘ishlab, bu yerda muzey tashkil etilgan. Unda jadidlarning ilmga e’tibori, Abdulla Avloniy asos solgan maorif tizimi, o‘sha davrdagi darsliklar va sahna asarlari, umumiy ta’limning rivojlanish bosqichlari aks etgan. Sun’iy intellekt yordamida ma’rifatparvar jadidlar qiyofasi gavdalantirilgan. Shu yerda qariyb 88 ming kitob fondiga ega kutubxona ham bor.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil Natsionalniy institut pedagogicheskogo masterstva imeni Abdulli Avloni i oznakomilsya s obnovlennimi usloviyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi.
Muassasada malaka oshirish va qayta tayyorlashning an’anaviy, muqobil hamda dual shakllari, shu jumladan sun’iy intellekt texnologiyalari asosida o‘qitish joriy etilgan. Situatsion o‘quv xonasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi pedagogik mahorat markazlari bilan videoaloqa orqali ulangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil Natsionalniy institut pedagogicheskogo masterstva imeni Abdulli Avloni i oznakomilsya s obnovlennimi usloviyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi.
Uzluksiz kasbiy ta’lim, menejerlik o‘quv kurslari, pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifasini berish, maktabgacha va maktab ta’limini boshqarish kabi dasturiy platformalar joriy etilgan. Bu hududlardagi direktor va o‘qituvchilarni yangi pedagogik texnologiya va uslublarga tezkor o‘qitish imkonini beradi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil Natsionalniy institut pedagogicheskogo masterstva imeni Abdulli Avloni i oznakomilsya s obnovlennimi usloviyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi.
“Bugungi kunda maktab direktori nafaqat tajribali pedagog, balki yaxshi boshqaruvchi, ma’lum ma’noda strateg ham bo‘lishi kerak. Institut o‘quv dasturida bunga katta e’tibor qaratilib, direktorlar maktabi tashkil etilgan. Inklyuziv ta’lim va psixolog xonalarida shu yo‘nalishda ishlaydigan defektolog va tarbiyachilar malakasi oshiriladi. Media studiyada videodarslar tasvirga olinadi. Shuningdek, institutda konferensiya zali, kompyuter va seminar xonalari, oshxona va sharoitlar bor”, — deyiladi xabarda.
Zamonaviy ta’lim talabidan kelib chiqib, institutda o‘qish soatlari ko‘paytirildi. O‘qituvchilarga munosib sharoit yaratish maqsadida yotoqxona zamonaviy ta’mirlanib, o‘rinlar soni oshirildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil Natsionalniy institut pedagogicheskogo masterstva imeni Abdulli Avloni i oznakomilsya s obnovlennimi usloviyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi.
“Bu institut kutib o‘tiruvchi emas, targ‘ibotchi, yetakchi bo‘lishi kerak. Hududlardagi o‘qituvchi va direktorlarni ko‘proq taklif etib, barcha maktablarda sifatni oshirish zarur. Yangi zamon kishisi, kelajagimiz bunyodkorlari maktabda tarbiyalanadi. Ta’limsiz kelajak yo‘q”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bu yerda dars beradigan o‘qituvchi va murabbiylarni xorijda o‘qitish, dunyodagi ilg‘or tajribalarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
“Joriy yilning o‘tgan davrida institutda 4 ming 300 nafarga yaqin ta’lim muassasalari rahbarlari malaka oshirdi. Shuningdek, 2 ming nafarga yaqin direktor va direktorlikka nomzodlar menejerlik kurslarida o‘qitildi. “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi orqali darslarda 113 ming nafardan ortiq pedagoglar qatnashdi”, — deya qayd etilgan xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil Natsionalniy institut pedagogicheskogo masterstva imeni Abdulli Avloni i oznakomilsya s obnovlennimi usloviyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini borib ko‘rdi.
Singapur xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan 100 nafar maktab direktori, 200 nafar matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchisi qayta tayyorlandi. Institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi ham ish boshladi.
Yangiliklar lentasi
0